FERROSILITSIY ISHLAB CHIQARISH CHANGINING QORA PIGMENT (Fe₃O₄) TARKIBIDA TO‘LDIRUVCHI SIFATIDA QO‘LLANISHI: TARKIBIY, OPTIK VA BO‘YALISH XUSUSIYATLARINI KOMPLEKS BAHOLASH

Xoliqulov D. B., Hojiyev S. T., Shaymanov I. I. & Raxmanov I. U.


Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda ferrosilitsiy ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan mikrosilika miqdori yuqori bo‘lgan pech changining qora pigment (Fe₃O₄) tarkibida to‘ldiruvchi sifatida qo‘llanish imkoniyati o‘rganildi. XRF, XRD, TEM analizlari hamda kolorimetrik va bo‘yalish qobiliyati sinovlari asosida changning mineral tarkibi, nanodispers tuzilishi va optik xususiyatlarga ta’siri baholandi. Natijalar 10–30% oralig‘ida qo‘shilgan ferrosilitsiy changi pigment rangining barqarorligini saqlab qolishini ko‘rsatdi. Kolorimetrik o‘zgarishlar ΔE* qiymati bo‘yicha amaliy me’yorlardan oshmagan bo‘lib, sirt bir xilligi va bo‘yalish sifati bo‘yicha eng maqbul natijalar 20% qo‘shimchada qayd etildi. Tadqiqot mahalliy sanoat chiqindisidan pigment ishlab chiqarishda samarali foydalanish imkoniyatini ilmiy asoslaydi va pigment tannarxini pasaytirishga xizmat qiladi.


Adabiyotlar

  1. Khojiev Sh.T., Kadirov N.A., Kholikulov D.B., Shaymanov I.I. Technological feasibility of producing basalt fiber from electric arc furnace slag and ferrosilicon dust // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. – 2025. – № 4(133). – Ч. 8. – С. 5–8.
  2. Хожиев Ш.Т., Холикулов Д.Б., Муталибхонов С.С., Шайманов И.И., Ма Г. Сравнительный термодинамический анализ флюсующих добавок Na2O и CaO при восстановлении железа из силикатных шлаков черной металлургии // Черные металлы. – 2025. – № 9. – C. 12-18.
  3. Xolikulov D.B., Shaymanov I.I., Hojiyev Sh.T. Metallurgik chiqindilardan gidrometallurgik usulda amorf kremniy dioksidini olish tadqiqoti // “O‘zbekistonda kon-metallurgiya xomashyolarini qayta ishlash texnologiyalarining dolzarb muammolari va yechimlari” nomli Respublika ilmiy-amaliy anjumani to‘plami, Olmaliq, 8-aprel, 2025 y. S. 99-100.
  4. Xolikulov D.B., Hojiyev Sh.T., Shaymanov I.I. Ferrosilitsiy ishlab chiqarish changini qayta ishlashning innovatsion usuli // “O‘zbekistonda kon-metallurgiya xomashyolarini qayta ishlash texnologiyalarining dolzarb muammolari va yechimlari” nomli Respublika ilmiy-amaliy anjumani to‘plami, Olmaliq, 8-aprel, 2025 y. S. 101-102.
  5. Холикулов Д.Б., Шайманов И.И., Хожиев Ш.Т. Исследование получения аморфного диоксида кремния из металлургических отходов гидрометаллургическим методом // Химическая технология и техника: материалы докладов 89-й Междунар. науч.-техн. конф. Минск, 2025. – С. 97–100.
  6. Xolikulov D.B., Shaymanov I.I., Hojiyev Sh.T. Metallurgik chiqindilardan gidrometallurgik usulda amorf kremniy dioksidini olish tadqiqoti // “O‘zbekistonda kon-metallurgiya xomashyolarini qayta ishlash texnologiyalarining dolzarb muammolari va yechimlari” nomli Respublika ilmiy-amaliy anjumani to‘plami, Olmaliq, 8-aprel, 2025 y. S. 99-100.
  7. Xolikulov D.B., Hojiyev Sh.T., Shaymanov I.I. Ferrosilitsiy ishlab chiqarish changini qayta ishlashning innovatsion usuli // “O‘zbekistonda kon-metallurgiya xomashyolarini qayta ishlash texnologiyalarining dolzarb muammolari va yechimlari” nomli Respublika ilmiy-amaliy anjumani to‘plami, Olmaliq, 8-aprel, 2025 y. S. 101-102.
  8. Холикулов Д.Б., Шайманов И.И., Хожиев Ш.Т. Исследование получения аморфного диоксида кремния из металлургических отходов гидрометаллургическим методом // Химическая технология и техника: материалы докладов 89-й Междунар. науч.-техн. конф. Минск, 2025. – С. 97–100.
  9. Hou Y., Yu J., Zheng D., Xu J., Ma G., Khojiev S., Kadirov N. Preparation and chromatic performance of black ceramic tiles from chromium slag, copper slag and silicon manganese slag // Journal of Ceramic Processing Research. – 2025. – T. 26. – № 1. – P. 139 - 147.