MASHINASOZLIK SEXLARIDAGI SHOVQIN MANBALARINI ISH OʻRINLARI VA ZONALARIDAGI UMUMIY SHOVQIN BOSIMI DARAJASINI ANIQLASH MATEMATIK MODELI

Musaev S. G.


Annotatsiya

Mazkur tadqiqot mashinasozlik sexlarida shovqin manbalarining ish o‘rinlari va texnologik zonalardagi umumiy shovqin bosimi darajasiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, sanoatda qo‘llaniladigan hisoblash uslublariga tayangan matematik modelni shakllantirish bilan tavsiflanadi. Ishda shovqin manbalarining tovush quvvati darajasi, yo‘naltirilganlik koeffitsienti, yaqin akustik maydon ta’siri, diffuz maydonning notekisligi va xonaning akustik doimiyligi kabi parametrlar o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan. Temirchilik sexida mavjud bolg‘a, pech, prujina o‘rash dastgohi, frezerlik dastgohi va arraning fazoviy joylashuvi hamda ularning ish o‘rinlariga nisbatan masofalari asosida oktava diapazonining oʻrtageometrik chastotalarida shovqin bosimi darajalari hisoblash usuli taklif etildi. Bir nechta manbadan kelayotgan tovush energiyasining logarifmik yig‘indisi orqali umumiy darajaning hisoblanishi koʻrib chiqildi. Shovqin manbalari notekis joylashgan sanoat binosida shakllantirilgan akustik model yordamida har bir ish o‘rnidagi real shovqin ta’siri baholandi. Olingan natijalar sexda shovqin bosimini aniqlash va tahlil qilishning amaliy ahamiyatini ko‘rsatib, keyingi bosqichlarda shovqinni kamaytirish bo‘yicha texnik yechimlarni asoslash imkonini yaratadi.


Adabiyotlar

  1. Сулаиманов С.С., Мусаев Ш.Г. Sanitary and hygienic evaluation of working conditions and noise characteristics of equipment in the metalworking shop of the Tashkent passenger railcar construction and repair plant // Journal of Transport. – 2025. – Т. 2, № 2. – С. 189–194. – DOI: 10.56143/jot-journal.v2i2.288.
  2. Modern Scientific Research on Noise Reduction in Production Processes // Eurasian Journal of Engineering and Technology. — 2025. — Vol. 45, September. — P. 1–5. — ISSN 2795-7640.
  3. Безопасность жизнедеятельности. Акустический расчет: Методические указания по выполнению расчетно-графической ра боты / Национальный минерально-сырьевой университет «Горный». Сост. В.В. Смирнякова. СПб, 2012. 39 с.
  4. ГОСТ 27818–88. Машины вычислительные и системы обработки данных. Допустимые уровни шума на рабочих местах и методы определения
  5. Sulaymanov S., Musayev S. Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi temirchilik sexi dastgohlari shovqin darajasi tavsiflari va ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitini sanitar gigiyenik baholash //Journal of Transport. – 2025. – Т. 2. – №. 2. – С. 189-195.
  6. Sulaymanov S., Musayev S. Temir yoʻl korxonalaridagi ishchi xodimalar ish oʻrinlarida ishlab chiqarishdagi shovqin bosimi darajasini bilan bogʻliq kasb kasalliklarini tahlili //Journal of Transport. – 2025. – Т. 2. – №. 2. – С. 186-188.
  7. Musayev Sh.G. Shovqin tushunchasi va inson hayotiga ta’siri (tarixiy tadqiqotlar va zamonaviy yondashuvlar asosida) // Development of Science. — 2025. — T. 4, № 9. — B. 23–31.
  8. Musayev Sh.G. Shovqinning zararli ta’siri va uning turli mintaqalarda muammoli ko‘rsatkichlari // Development of Science. — 2025. — T. 4, № 9. — B. 32–42.
  9. Musayev Sh.G. Modern Scientific Research on Noise Reduction in Production Processes // Eurasian Journal of Engineering and Technology. — 2025. — T. 45. — B. 1–5.
  10. Musayev Sh.G. Analysis of the Results of Scientific Research on Noise Reduction in Machine-Building Sectors and Related Enterprises // Eurasian Journal of Research, Development and Innovation. — 2025. — T. 48. — B. 1–7.