DASTURLASHNI O‘RGATUVCHI INTERAKTIV DASTURIY TA’MINOT YARATISH

Abdullayev S. . & Saidjamolova B. .


Annotatsiya

Ushbu maqolada dasturlashni o‘rgatishda interaktiv dasturiy ta’minotdan foydalanishning pedagogik va texnologik asoslari yoritiladi. Zamonaviy IT-ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil fikrlashi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va motivatsiyani oshirish dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Shu sababli, an’anaviy ta’lim usullarini interaktiv vositalar bilan boyitish, o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan va faol o‘zlashtiriladigan modelga o‘tkazishni taqozo qiladi. Maqolada ishlab chiqilgan interaktiv platforma strukturasini yaratishda modulli yondashuv, bosqichma-bosqich vizual mashqlar, avtomatik baholash tizimi va real vaqtli teskari aloqa metodlari qo‘llandi. Tajriba-sinov ishlari dasturiy ta’minotning samaradorligini aniqlash maqsadida talabalarning dasturlash bo‘yicha bilim ko‘rsatkichlari, faollik darajasi hamda o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishi asosida baholandi. Olingan natijalar interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanish nazariy va amaliy bilimlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirishini, murakkab algoritmik jarayonlarni osonlashtirishini hamda talabalarning motivatsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Shu bilan birga, ishlab chiqilgan platforma informatsion texnologiyalar yo‘nalishida o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion yechim sifatida baholandi.


Adabiyotlar

  1. Jonassen, D. H. Learning with Technology: A Constructivist Perspective. Columbus: Merrill Prentice Hall, 1999.
  2. Mayer, R. E. Multimedia Learning. Cambridge University Press, 2005.
  3. Kadirov, A., & Raximov, B. Raqamli pedagogika asoslari. – Toshkent:
  4. “Fan va texnologiya”, 2021.
  5. Robins, A., Rountree, J., & Rountree, N. Learning and Teaching Programming: A Review and Discussion. Computer Science Education, 2003.
  6. Shneiderman, B. Designing the User Interface: Strategies for Effective Human-Computer Interaction. Pearson, 2016.