ATSETILEN QURIMI ASOSIDA TEXNIK UGLEROD OLISH VA ASTM D1514 ASTM D2414 – BOʻYICHA TAHLIL QILISH
Ortiqov N. T., Karimov M. U. & Djalilov A. T.
Annotatsiya
Maqolada metandan atsetilen olish jarayonida hosil bo‘ladigan qurumdan texnik uglerod ishlab chiqarish texnologiyasi o‘rganilgan. Dastlabki xomashyo sifatida olingan qurum 45 μm elakdan o‘tkazilib mexanik aralashmalardan tozalanadi, tarkibida mavjud polisiklik aromatik uglevodorodlar vakuum distillash orqali ajratib olinadi. Kul miqdoridagi metall ionlari xelatlovchi reagent yordamida eritma holatiga o‘tkaziladi. Quritish, yuvish va maydalashdan so‘ng TU-10 markali texnik uglerod olingan. Tayyor mahsulot ASTM D1514 (45 μm elak qoldig‘i) va ASTM D2414 (yog‘ni yutish miqdori OAN) standartlari bo‘yicha kompleks baholangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra texnik uglerodning dispersiyalanuvchanligi, aglomeratsiya darajasi, zarracha o‘lchami, strukturaviy rivojlanish darajasi (SI), ichki bo‘shliq hajmi va kauchuk-kompozit tizimlar uchun mustahkamlovchi samarasi o‘rganilgan. 6-N, 7-N, 8-N va 9-N namunalarida OAN va SI qiymatlarining yuqoriligi ularning o‘rtacha va o‘rtacha-yuqori strukturali toifaga mansubligini ko‘rsatadi. Natijalar sanoat chiqindilaridan yuqori sifatli texnik uglerod olishning texnologik, iqtisodiy va ekologik samaradorligini isbotlaydi.
Adabiyotlar
- Структурные превращения различных марок технического углерода под воздействием импульсного электронного пучка с высокой плотностью энергии. М. В. Тренихин, Ю. Г. Кряжев, Н. Н. Коваль // III Всероссийская конференция Каучук и резина. - 2013. - № 3. - С. 10-13.
- Barrera, C. S., Cornish, K. (2016).High performance waste-derived filler/carbon black reinforced guayule natural rubber composites. Industrial Crops and Products, 86, 132–142. doi:10.1016/j.indcrop.2016.03.021 10.1016/j.indcrop.2016.03.021.
- Donnet, J. B., Bansal, R. C., & Wang, M. J. (1993). Carbon Black: Science and Technology. 2nd ed., Marcel Dekker, New York.
- Wang, M. J. (1998). The role of carbon black in rubber reinforcement. Rubber Chemistry and Technology, 71(3), 520–589.
- Kalyoncu R.S., Taylor P.R. Production of carbon black from waste hydrocarbon feedstocks. Fuel Processing Technology, 2001, 72, 1–10.
- Choi S.S. Influence of carbon black structure on abrasion and tensile properties of rubber. Journal of Applied Polymer Science, 2002.
- Раздьяконова, Г. И. Получение и свойства дисперсного углерода : монография/ Г. И. Раздьяконова ; Минобрнауки России, ОмГТУ ; ИППУ СО РАН. – Омск : Изд-во ОмГТУ, 2014. – 5-7 с.