INGIBIRLASH XUSUSIYATINI BERUVCHI TARKIBIDA BOR VA AZOT SAQLAGAN ORGANIK MODDALAR SINTEZI.

Qo‘ldoshev A. K. & Nurqulov F. N.


Annotatsiya

Ushbu maqolada neft-gaz sanoatida keng uchraydigan korroziya jarayonlarini kamaytirish maqsadida tarkibida bor saqlagan yangi organik ingibitor sintezi, uning tuzilishi hamda korroziyaga qarshi samaradorligi tadqiq qilingan. Spirtlar va borat kislotasi o‘rtasidagi reaksiyada borat efirlarining hosil bo‘lish mexanizmi, optimal stoxiometrik nisbatlar hamda reaksiya sharoitlari aniqlangan. Olingan mahsulotning tuzilishi IQ-spektroskopiya yordamida o‘rganilib, B–O–C, C–O–B, B–O kabi funksional guruhlarning shakllanishi tasdiqlangan. Metall namunalar ustida o‘tkazilgan korroziya sinovlari natijasida ingibitorning 0,25 % dan 1,0 % gacha konsentratsiyalarda qo‘llanganda 74,34–91,83 % gacha himoya darajasi namoyon qilishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari yangi sintez qilingan bor saqlagan organik ingibitorning neft-gaz sanoati uchun samarali, yuqori korroziyaga qarshi faollikka ega modda sifatida qo‘llanish imkoniyatini ko‘rsatadi.


Adabiyotlar

  1. I.B.Obot./ High temperature sweet corrosion and inhibition in the oil and gas industry: Progress, challenges and future perspectives/ 2020, p.3.
  2. I.S.O. ISO, 16530-1-Petroleum and Natural Gas Industries — Well integrity — Part 1: Life Cycle Governance, 2017, p. 124.
  3. M.A. Quraishi, D.S. Chauhan, Heterocyclic Organic Corrosion Inhibitors: Principles and Applications, Elsevier Inc, Amsterdam, 2020, p.2.
  4. Тронова Э./Дисс. Амиды и соли алифатических кислот — ингибиторы коррозии черных и цветных металлов в углеводородных и водных средах/2016, 5-9 c.
  5. Эшмаматова Н.Б. Новое поколение ингибиторов коррозии на основе фосфорсодержаших соединений / Композиционные материалы-2011- С-37-39.