MASHINADA TERILGAN PAXTANI ARRALI JINLARDA MAYDA IFLOSLIKLARDAN TOZALASH JARAYONINI O‘RGANISH
Sulaymonov R. S., Omonov Z. J., Yunusova M. Y. & Dusiyorov J. J.
Annotatsiya
Mashinada terilgan S-6524 seleksiyali I nav 2-sinfli paxtani texnologiyadagi UXK agregatida tozalashda agregatning tozalash samaradorligi o‘rtacha 80,4 % ni tashkil etib, yuqori navli paxtani tozalashda pasportidagi tozalash samaradorligiga qaraganda o‘rtacha 12 (abs) % ga kam ekanligini ko‘rsatdi. UXK agregatidan keyin paxta texnologiyadagi 5DP-130 rusumli arrali jin ta’minlagichtozalagichida tozalanganda ta’minlagichning tozalash samaradorligi o‘rtacha 10,1 % ga teng bo‘lib, texnik xarakteristikasidagi tozalash samaradorligiga qaraganda o‘rtacha 4,9 (abs)% ga kam ekanligi aniqlandi. Tozalangan paxta jinda jinlanganda jinning ish unumdorligi o‘rtacha 1261 kg/soatni tashkil etib, pasportidagi ish unumdorlikka qaraganda o‘rtacha 30 % ga kam ekanligini ko‘rsatdi. Jinlangan tola jindan keyingi tola tozalagichda tozalanganda toladagi nuqsondor tola va iflos aralashmalarning massaviy ulushi yuqori bo‘lib, o‘rtacha 2,36 % ni tashkil etdi. Tola tarkibida nuqsondor tola va iflos aralashmalar massaviy ulushining yuqoriligi, UXK agregatida paxta tarkibidan mayda iflosliklarni kerakli darajada ajralmasligidan ekanligi aniqlandi. Agregatga qo‘shimcha ishchi qismlarni qo‘shish texnik talab jixatidan mumkin emasligi bilan qo‘shimcha elektr energiya va ehtiyot qismlar sarfini yuzaga keltirishi o‘rganildi. Jinlash jarayonigacha paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalash, jin ish unumdorligini oshirish, ishlab chiqarilgan tola va chigit sifatini yaxshilash uchun jin ta’minlagich-tozalagichidagi paxtani mayda iflosliklardan tozalash jarayonini amalga oshiruvchi asosiy ishchi qism bo‘lgan to‘rli yuzani takomillashtirish kerakligi aniqlandi.
Adabiyotlar
- Paxtani dastlabki ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologiyasi (PDI 70 –2017). A.S. Kamalovning umumiy tahriri ostida. Toshkent, 2017, 91 b.
- O‘zDst 601:2016. Paxta. Texnik chigit.Texnikaviy shartlar. Tukdorlikni aniqlash usullari. Toshkent, 2016.- 11 b.
- O‘zDst 597:2016. Paxtani texnik chigiti. Chigitdagi nuqsonlar massaviy ulushini aniqlash usullari. Toshkent, 2011.- 16 b.
- O‘zDst 632:2010. Paxta tolasi. Nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini aniqlash usullari. Toshkent, 2010.- 19 b.
- R.Sh. Sulaymonov, Z.J. Omonov, J.J. Dusiyorov. Arrali jin ta’minlagichtozalagichini samaradorligi bo‘yicha izlanishlar. O‘zbekiston kompozitsion materiallar ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnali. №4,Toshkent. 2023. 187-190 b.
- Mardonov B.M., Sulaymonov R.Sh., Axmedov M.X. Issledovaniye pitayuщyey zonы rabochey kamerы pilnogo djina. Ishlab chiqarishning texnik, muhandislik va texnologik muammolari innovasion yechimlari” Xalqaro miqyosdagi ilmiy-texnik anjuman 1-qism. Jizzax, 2021 yil. 741-744 b.
- Sulaymanov R., Omonov Z., Meliboyev Y., Xasanov O., Ma’murjonov D. Resaerch on the efficiency of a saw gin supplier-cleaner. AIP Conference Proceedings. 3244, 060003 (2024). https://doi.org/10.1063/5.0242030
- Sulaymanov R.Sh., Omonov Z.J., Ismatov M.N., Rayimqulov O.Q., Saytov U.A. Study of the process of cleaning machine-harvested cotton from small impurities in saw gins. The multidisciplinary journal of science and technology. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 8.848 / 2024.Volume-4, Issue-6
- Sulaymanov R.Sh, Omonov Z.J., Ismatov M.N, O‘ngboyev A.M., Saytov U.A. The Effectiveness of the Cotton Cleaning System on Foreign Saw Gins. AMERICAN Journal of Engineering, Mechanics and Architecture Volume 2, Issue 6, 2024 ISSN (E): 2993-2637