ATSETILEN QURUMI ASOSIDA TEXNIK UGLEROD OLISH VA UNING ASTM STANDARTLARI BO‘YICHA BAHOLANISHI
Ortiqov N. T., Karimov M. U. & Djalilov A. T.
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ishida metandan atsetilen olish jarayonida hosil bo‘ladigan qurum asosida texnik uglerod olish va uning fizik-kimyoviy xossalarini baholash masalalari o‘rganildi. Texnik uglerod namunalari ASTM D1510, ASTM D2414, ASTM D3493, ASTM D1509 va ASTM D1506 standartlari asosida tahlil qilindi. Yodni yutish miqdori orqali birlamchi zarracha o‘lchami va sirt faolligi baholanib, issiqlikda yo‘qotilish va kul miqdori orqali materialning tozaligi hamda sanoatga yaroqliligi aniqlandi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida 6-N namunasi yuqori yodni yutish ko‘rsatkichiga, past issiqlikda yo‘qotilish va qabul qilinadigan kul miqdoriga ega ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar texnik uglerodning rezina va shina sanoatida, xususan yuqori mustahkamlovchi elastomer kompozitsiyalarida qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Donnet J.B., Bansal R.C., Wang M.J. Carbon Black: Science and Technology. CRC Press, 1993.
- Hess W.M. Carbon black reinforcement. Rubber Chem. Technol., 1991.
- Medalia A.I. Effect of carbon black structure. Rubber Chem. Technol., 1978.
- Wang M.J. Carbon black in rubber reinforcement. Carbon, 2010.
- ASTM D3493 – Standard Test Method for Compressed Oil Absorption.
- ASTM D1509 – Heat Loss at 125 °C.
- Zhang X. et al. Pyrolysis carbon black from waste tires. J. Anal. Appl. Pyrolysis, 2020.
- Marsh H., Rodríguez-Reinoso F. Activated Carbon. Elsevier, 2006
- ISO 3310-1: Test sieves.
- Chen L. et al. PAH removal from carbon black. Carbon, 2018
- Wang S. Cyclodextrin-based PAH removal. Environ. Sci. Technol., 2019.