POLIETILEN (PE) VA POLIPROPILEN (PP) NAMUNALARINING FTIR TAHLILI

Toʻxtayev F. S. & Musoyeva D. N.


Annotatsiya

Ushbu ilmiy ishda polietilen (PE) va polipropilen (PP) polimer materiallarining kimyoviy va strukturaviy xususiyatlari Fourier transform infraqizil (FTIR) spektroskopiya usuli yordamida chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida ikki xil polietilen namunasi (PE.1 va PE.2) hamda bitta polipropilen namunasi (PP.1) ATR (QATR) rejimida o‘rganildi. FTIR spektrlari asosida polimer zanjirlariga xos bo‘lgan funksional guruhlarning tebranish chastotalari aniqlanib, namunalarning strukturaviy barqarorligi, kristall fazaga oid belgilar hamda ehtimoliy degradatsiya yoki oksidlanish jarayonlari baholandi. Olingan natijalar PE va PP namunalarida asosiy uglevodorod skeleti saqlanib qolganini, qayta ishlash yoki texnologik ta’sirlar polimerning kimyoviy tabiatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatmaganini tasdiqladi. Tadqiqot natijalari PE va PP asosidagi qayta ishlangan materiallar hamda kompozitsion polimer granulalar ishlab chiqarishda xomashyo sifatini baholash uchun muhim ilmiy asos yaratadi.


Adabiyotlar

  1. Coates J. Interpretation of Infrared Spectra, A Practical Approach. Encyclopedia of Analytical Chemistry, Wiley, 2000.
  2. Stuart B. Infrared Spectroscopy: Fundamentals and Applications. Wiley, 2004.
  3. Socrates G. Infrared and Raman Characteristic Group Frequencies. Wiley, 2001.