OLMA VA SABZI PYURELARI ASOSIDA KO'PIK STRUKTURALI OVQATLANISH MAHSULOTLARINING TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Kalanova D. T.
Annotatsiya
Maqolada olma va sabzi pyurelari asosida ko'pik strukturali ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqish bo'yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari bayon etilgan. Gidrotermik va mexanik ishlov berilgan olma va sabzining suvni sorbsiyalash xususiyatlari o'rganilgan. Brunauer, Emmet va Teller (BET) tenglamasi yordamida monomolekulyar adsorbsiyaning parametrlari aniqlangan: sorbsiyalangan suvning miqdori 0,073 g/g, monoqatlamda suvning adsorbsiyalanishi sodir bo'ladigan havoning nisbiy namligi 29,5%, monoqatlamning solishtirma yuzasi 245,5 m²/g va adsorbentning g'ovaklik hajmi 0,093 sm³/g tashkil etgan. Quruq yog'sizlantirilgan sut qoldig'i va tuxum oqsili aralashmalari bilan olma va sabzi pyurelari kompozitsiyalarining ko'pik hosil qilish xususiyatlari tadqiq qilingan. Fazalararo adsorbsion qatlamlar oralig'ida hosil bo'lgan oqsil-pektin komplekslari ko'pikli strukturani barqarorlovchi vazifasini bajarishi isbotlangan. Harorat 6±0,5°C gacha pasayganda sistemada dirildoq karkas hosil bo'lishi aniqlangan. Ishlab chiqilgan texnologiya asosida olma va sabzi pyureli muss, sambuk, krem va nisholda retsepturalari yaratilgan.
Adabiyotlar
- Дунченко Н.И. Структурированные молочные продукты. М.-Барнаул, 2002. 164 с.
- Артемова Е.Н. Научные основы пенообразования и эмульгирования в технологии пищевых продуктов. СПб, 1999. 48 с.
- Агаркова Е.Ю. Аэрированные продукты с производными белков // Пищевая промышленность. 2022. № 3. С. 24–27.
- Green A.J. Formation and stability of food foams // Current Opinion in Colloid. 2013. Vol. 18. P. 292–301.
- Dickinson E. Food emulsions and foams: Stabilization by particles // Colloid Interface. 2010. Vol. 15. P. 40–49.
- Холмберг К. Поверхностно-активные вещества и полимеры. М.: Бином, 2015. 310 с.
- Донченко Л.В. Технология пектина и пектинопродуктов. М.: ДеЛи, 2000. 256 с.
- Ильина И.А. Научные основы технологии модифицированных пектинов. Краснодар, 2001. 312 с.
- Gullon B. Pectic-oligosaccharides: manufacture and properties // Trends Food. 2013. Vol. 30. P. 153-161.
- Abuajah C. Functional components and medicinal properties of food // J. Food Technol. 2015. Vol. 52. P. 2522–2529.
- Gomez N.M. Pectin and protein interactions // Food Hydrocolloids. 2021. Vol. 115. P. 106588.
- Baranov V.S. Foam structure in food products. Food Science. 2018. Vol. 45. P. 123-135.
- Vasilenko Z.V. Pectin-protein interactions in foam systems // Colloid Journal. 2019. Vol. 81. P. 445-453.
- Koryachkina S.Ya. Использование порошков овощей в технологии // Хлебопродукты. 2015. №9. С. 57-59.
- Sandrakova I.V. Технология взбитых кондитерских изделий. Кемерово, 2008. 167 с.
- Кулиев Н.Ш. Технология мороженого на основе фруктово-овощных добавок. Бухара: UMID, 2020. 98 с.