ISHLATILIB BO‘LINGAN GIAP-8 KATALIZATORIDAN NIKEL TUZLARINI AJRATIB OLISH

Dadaxodjayev A. T., Bobomurodova M. S., Muxammadjanov . . & Sobitov O. S.


Annotatsiya

Maqola sanoatda ishlatib bo‘lingan katalizatorlardan nikelni 90 % dan yuqori tozalikdagi nikelni ajratib olishning optimal sharoitlarini tanlash uchun haroratning, katalizatorning maydalanganlik darajasi, qattiq va suyuqlik nisbati, turli kislotalar ta’siri va katalizatorlarning kuydirish vaqtining ta’siri, aralashtirish tezligi, yuvish harorati va yuvish tezligi, kislotalarning konsentratsiyasiga ta’siri o‘rganilgan va ajratib olingan nikel oksidini kesiklingiga bag‘ishlangan. Eritmalarni alyuminiy va xrom ionlaridan tozalash maqsadida nikel karbonatini natriy karbonati bilan cho‘ktirildi. Natriy karbonatining 170 – 180 g/l eritmasi nikelning 70 ºC li nitrat va sulfat eritmalariga oz – oz miqdorda aralashtirib turilgan holatda, pH 6,5 – 7 bo‘lguncha qo‘shildi. Bunda cho‘kmada nikel karbonati tuzi hosil bo‘ldi va filtrda ajratib olinib, distillangan suvda yuvilib 120 – 130 ºC da quritildi. Tajribalar natijalariga binoan nikel karbonatining suvli aralashmasida Al va Cr qoldiqlarini ko‘rsatuvchi loyqa hosil bo‘lmadi. Nikel karbonatini 300 – 350 ºC da toblab, nikel oksidi olindi.


Adabiyotlar

  1. Дадаходжаев А.Т., Турабджанов С.М, Коржиков Е.А. Кодиров С. “Газохимия в Узбекистане’’ научно-технологический симпозиум “Гидпроцесса в катализе” 3-6 октябрь 2024 год, г.Сочи. Сборник тезисов, с. 17-18, Новосибирск 2024 год.
  2. Носков А.С. Катализ в нефтегазохимии: современное тренды. Материалы международной научно-технический конференции:“Катализ в промышленности и экология 1-4 ноябрь 2024 г, г Ташкент.
  3. Дадаходжаев А.Т., Турабджанов С.М., Бобомуродова М.С., Гуро В.П., Фузайлова Ф.Н., Бозорбоева Д.Б. “Results of studies on extraction of nickel salts from refractory nickel-chromium steel and spent catalysts” "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali A seriyasi 2024-yil mart soni.