SUN’IY INTELLEKT VA GEOMEKANIK MONITORING INTEGRATSIYASI ASOSIDA QALMOQQIR CHUQUR RUDA KONI BORTLARI DEFORMATSIYASINI ANIQLASH VA XAVFLILIK BO‘YICHA HUDUDLASHTIRISH

Dilmurodov F. O., Raxmonov F. F. & Ravshanov Z. Y.


Annotatsiya

Chuqur ruda konlarini ochiq usulda o‘zlashtirish jarayonida bortlarning deformatsiyalanishi kon xavfsizligi va ishlab chiqarish tugʻunligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy geomekanik muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, qazib olish chuqurligining ortib borishi tog‘ jinslari massivida kuchlanishlarning qayta taqsimlanishiga olib kelib, bortlarda siljishlar, yoriqlanishlar va deformatsion zonalarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Mazkur jarayonlarning o‘z vaqtida aniqlanmasligi texnogen avariyalar va katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada Qalmoqqir chuqur ruda koni sharoitida bortlarning deformatsiyaga uchragan qismlarini aniqlash va ularni xavflilik darajasi bo‘yicha hududlashtirish masalasi sun’iy intellekt va masofaviy zondlash texnologiyalarini integratsiyalashgan holda tadqiq etilgan. Tadqiqotda uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida olingan yuqori aniqlikdagi ortofotoplanlar va raqamli relyef modellari geomekanik monitoring ma’lumotlari bilan birgalikda tahlil qilindi. Deformatsion belgilarni avtomatik aniqlash uchun konvolyutsion neyron tarmoqlarga asoslangan sun’iy intellekt modeli ishlab chiqildi. Olingan natijalar bort deformatsiyalarini dastlabki bosqichlarda aniqlash, xavfli zonalarni aniq belgilash hamda kon ishlarini rejalashtirishda ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Taklif etilgan yondashuv Qalmoqqir koni sharoitida sinovdan o‘tkazilib, kon xavfsizligini oshirish va avariya xavfini kamaytirishda yuqori amaliy samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi.


Adabiyotlar

  1. Хукер В., Брей Дж. Механика горных пород и устойчивость откосов. – М.: Недра, 1987. – 312 с.
  2. Баклашов И.В. Геомеханика подземных и открытых горных работ. – М.: Горная книга, 2010. – 528 с.
  3. Alekseev A., Petukhov I. Monitoring and forecasting of rock mass deformation // Journal of Mining Science. – 2018. – Vol. 54, №4. – P. 567–579.
  4. Абдурахманов А.А., Исмоилов Ж.Ж. Открытые горные работы и устойчивость бортов карьеров. – Ташкент: Fan, 2016. – 284 с.
  5. Қодиров С.А. Чуқур конларда геомеханик жараёнлар таҳлили. – Тошкент: Ўқитувчи, 2019. – 196 б.
  6. НГМК. Қалмоққир конида геологик ва геомеханик кузатувлар ҳисоботи. – Навоий, 2021. – 145 б.
  7. Ravshanov Z. et al. Methods of determining the safety and environmental impact of dust and explosion processes in mining enterprises //International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 4. – С. 415-423.
  8. Ravshanov Z. Y., Ergasheva Z. A., Sailau A. M. Karyerlarning pastki gorizontlaridagi kon massasini avtomobil transportlarida tashish usullarini tanlash //Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. – 2023. – Т. 2. – №. 20. – С. 4-6.
  9. Ravshanov Z., Ergasheva Z., Sailau A. Measures of recultivation of mining area in quarries //International Conference on Management, Economics & Social Science. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 54-56.
  10. Ravshanov Z. Technological Stages of determining the Distance to the Location of Rocks in the Development of a 3D Model of Mining Enterprises //Scienceweb academic papers collection. – 2022.
  11. Ravshanov Z. Mining processes of drilling machines //Information about the technological alarm system of drilling machines. – 2022.
  12. Ravshanov Z. et al. Evaluation of the strength of rocks in open mining processes in mining enterprises //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. A4. – С. 96-100.
  13. Ravshanov Z. Determination of mineral location coordinates in geotechnology and mining enterprises //Scienceweb academic papers collection. – 2023.