OQ XANTAL (SINAPIS ALBA L.) URUG‘LARINING UNUVCHANLIGIGA HARORAT VA NAMLIKNING TA\'SIRI
Yalgasheva B. S.
Annotatsiya
O‘simliklarni yetishtirishda sifatli urug‘lar olish va ularni optimal sharoitda ekish har qanday qishloq xo‘jaligi tizimining eng muhim omillaridan biri sanaladi. Sinapis alba L., ya‘ni oq xantal, ekologik moslashuvchanligi, hosildorligi va foydali xususiyatlari bilan ajralib turadigan o‘simliklardan hisoblanadi. Uning urug‘ini optimal muhitda ekish esa yuqori unuvchan urug‘ avlodlarini olish uchun eng muhim bosqichdir. Urug‘larning unuvchanligiga har xil tashqi va ichki omillar, ayniqsa harorat va namlik darajasi kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Urug‘ning hayotiyligini aniqlash, eng avvalo, uning atrof muhitda yuritiladigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etishini tushuntirishga asoslanadi. Tashqi muhitning harorati va namligi, shuningdek, ularning bir-biri bilan mosligi oq xantal urug‘lari rivojlanishining boshi va keyingi o‘sish bosqichida baland samara beradi. Harorat va namlikning urug‘ unuvchanligiga ta’siri chuqur o‘rganilishi oq xantal ekinlaridan optimal natija olishda yordam beruvchi muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Xojimatov K. X., Xojimatov O. K “O‘simliklar hom-ashyosi resurslari ” O‘quv qo‘llanma. Guliston 2007.- 54b.
- Xamidov A., Nabiyev M., Odilov T. “O‘zbekiston o‘simliklar aniqlagichi”. Toshkent “O‘qituvchi” 1987. -328b
- Xamidov G‘.H., Mahsudova R.S., Mahmudov M.H “O‘zbekiston o‘simliklari” Toshkent “O‘qituvchi”. 1992 -244b
- Velkova N.I. Markaziy Chernobil viloyatining asal resurslarini kengaytirish uchun oq xantaldan foydalanish: mavhum. dis. ...kand. qishloq xo‘jaligi Fanlar (03.00.32). – Orel: OSAU, 2004. – 17 b.
- Jukovskiy P.M. Madaniy o‘simliklar va ularning qarindoshlari (Sistematikasi, geografiyasi, ekologiyasi, ishlatilishi, kelib chiqishi). – M.: Sovet fani, 1950-595 b.
- Mashanov V.I., Pokrovskiy V.T. Achchiq aromatik o‘simliklar. – M.: Agropromizdat, 1991 yil. – 221 b
- Davlat ro‘yxatga olish kitobi naslchilik yutuqlar, tan olingan Kimga foydalanish. \"Turlar o‘simliklar.\" - M.: Rosinformagrotech, 2020. - 680
- Gorshkov V.I., Karpachev V.V., Vlasova A.P. Yog‘li karam ekinlarining yangi navlari: bahorgi raps, bahor va qishki kolza, oq xantal // Qishloq xo‘jaligi. – 2009.