POLIETILENPOLIAMIN ISHTIROKIDA POLIVINILXLORID ASOSIDAGI SULFOKATIONITNI MODIFIKATSIYALASHDA FIZIK-KIMYOVIY OMILLARNING ROLI.
Hasanova N. S. & Cho‘liyev J. R.
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda mahalliy xomashyolar asosida plastikat polivinilxlorid, oltingugurt va aminlar ishtirokida tarkibida oltingugurt va azot tutgan poliamfolit sintezi amalga oshirildi. Sintez jarayonida dastlab plastikat PVX oltingugurt bilan modifikatsiyalanib, keyingi bosqichda polimer zanjiridagi oltingugurt oksidlovchi ishtirokida oksidlandi va sulfoguruhlar tutgan kation almashinuvchi polimer olindi. Almashinmagan xlor atomlarini asos xossali amin guruhlari bilan almashtirish maqsadida sulfokationit polietilenpoliamin oligomeri bilan modifikatsiya qilindi. Modifikatsiya jarayoniga harorat va reaksiya davomiyligi kabi omillarning ta’siri poliamfolitning statik almashinuv sig‘imi qiymatlari asosida о‘rganildi. Tadqiqot natijalariga kо‘ra, sulfokationitni polietilenpoliamin bilan aminlash uchun eng maqbul harorat 150 °C ekanligi aniqlandi. Olingan poliamfolit yuqori ionalmashinuv xususiyatlariga ega bо‘lib, funksional polimer materiallar yaratishda amaliy ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
- Шаглаева Н.С. и др. Cульфуризация поливинилхлорида. Журнал прикладной химии. 2013. Т. 86, № 10. С. 1623–1628.
- Bayandin V.V., Sultangare R.G., Prozorova, G.F.,Vaul’skaya T.I., Khutsishvili S.S. Sulfurization Polyvinyl Chloride. Russian Journal of Applied 2013, 86(4): 611-614.
- Ахмедов, Ш., & Каримов, Т. (2018). Поливинилхлорид асосидаги ионитлар синтези ва модификацияси. Полимерлар химияси журнали, 45(3), 1623–1628.
- Иброҳимов, М. (2017). Сульфокатионитларни полиэтиленполиамин билан модификациялаш технологияси. Фан ва техника, 12(5), 611–614.