UZLIKSIZ TURDA CHUVISHNING XOM IPAK NOTEKISLIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Orazbayeva R. I.
Annotatsiya
Ushbu maqolada uzluksiz chuvish jarayonida pilla ipining uzluksiz chuvilish uzunligining qisqarishi xom ipakning chiziqli zichligi bo‘yicha notekislik ko‘rsatkichlariga ta‘siri o‘rganilgan. Tadqiqotda, pilla chuvish tezligi, uzluksiz chuvilish uzunligi va kompensatsiya vaqtlari o‘rtasidagi bog‘liqlik matematik modellashtirish va tajriba natijalarini tahlil qilish asosida yoritilgan. Ikki duragay (Ipakchi1xIpakchi2 va Xitoy duragayi) quruq pillalaridan olingan namunalarning ipakdorligi, chuviluvchanligi, uzluksiz uzunligi va chiziqli zichligi bo‘yicha qiyosiy ko‘rsatkichlari taqdim etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, uzluksiz chuvilish uzunligining oshishi xom ipakning chiziqli zichligi notekisligini sezilarli darajada kamaytiradi va umumiy sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.
Adabiyotlar
- Алимова Х.А., Кабулова Н., Гуламов А.Э. Основы производства высококачественного шелка-сырца из живых коконов // Проблемы текстиля. -Ташкент. -2006.-№2. -С.62-64.
- Мирзаходжаев Б.А., Корабельников А.В. Исследование влияния технологии отбора коконов на племя на качество шелка-сырца // Проблемы текстиля. -Ташкент. -2011.-№2. -С.54-59.
- Гуламов А.Э. Совершенствование технологии размотки новых местных гибридов коконов и получение шелка-сырца высокого качества. Дисс…д.т.н. -Ташкент. -2016. -Б. 116-124.
- Bej G., Akuli A., Pal A., Dey T., Bhattacharyya N. Quality Inspection of Cocoons Using X-Ray Imaging Technique, International Conference on Control, Instrumentation, Energy and Communication (CIEC), 2014. P.106