ZAMONAVIY YUQORI TEZLIKDAGI SIMSIZ TEXNOLOGIYALARNI TURLI GEOGRAFIK SHAROITLARDA QO‘LLASH

Hotamov A. . & Bobobekova X. R.


Annotatsiya

Ushbu maqola turli geografik zonalarda elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish xususiyatlari va ular asosida ishlovchi yuqori tezlikdagi simsiz texnologiyalarning (Wi-Fi, WiMAX, LTE, 5G) samaradorligini ilmiy asosda tahlil qiladi. Tadqiqotda to‘lqinlarning sochilishi, yutilishi, multipath, shadowing kabi fizik hodisalar, shuningdek har bir texnologiyaning chastota diapazoni, modulyasiya usullari va ma’lumot uzatish imkoniyatlari batafsil solishtiriladi. Shuningdek, tadqiqotda ochiq maydon (dasht), o‘rmon massivlari va shahar muhitidagi to‘lqinlarning tarqalish modeli solishtiriladi. Har bir muhitda texnologiyalarning samaradorligi modulyasiya barqarorligi, signal-to-noise ratio (SNR), path loss modeli va to‘siqlar zichligi orqali baholanadi. Bugungi kunda simsiz aloqa texnologiyalari inson-mashina interfeysi, IoT ekotizimi, sanoat 4.0, transport logistikasi va intellektual shahar infratuzilmasining asosiy drayveriga aylandi. Ularning rivojlanishi chastota spektridan samarali foydalanish, adaptiv modulyasiya, masssive MIMO va beamforming kabi texnologik yutuqlarga tayangan. Simsiz tarmoqlar kabel infratuzilmasining cheklovlarini bartaraf etib, mobil, moslashuvchan va tezkor ulanishni ta’minlaydi. Ayniqsa, to‘lqinlarning geometrik-optik modeli asosida shakllangan line-of-sight (LOS) va non-line-of-sight (NLOS) kanallar orqali uzatish texnologiyalari zamonaviy aloqa tizimlarining poydevorini tashkil etadi va ma’lumotlarga ulanish va kirish imkonini beradi. Tadqiqotning maqsadi — turli geografik sharoitlarda simsiz texnologiyalarning qo‘llanish chegaralari, uzatish sifati va to‘lqinlarning fizik muhitga moslashuvchanligini ilmiy baholash. Natijada, har bir texnologiya uchun optimal muhit, samaradorlik ko‘rsatkichi va qo‘llash cheklovlari aniqlanadi, ulardan foydalanish istiqbollari baholanadi.


Adabiyotlar

  1. Немировский М.С., Шорин О.А., Бабин А.И., Сартаков А.Л. Беспроводные технологии от последней мили до последнего дюйма: Учебное пособие/ Под ред. Немировского М.С, Шорина О.А. – М.: Эко-Тредз, 2010. – 400 с.
  2. Сетевые технологии высокоскоростной передачи данных. Учебное пособие для вузов / Под ред. профессора В.П. Шувалова. – М.: Горячая линия – Телеком, 2018. – 342 с.
  3. Тихвинский В.О., Терентьев С.В., Юрчук А.Б. Сети мобильной связи LTE. Технологии и архитектура. – М.: Эко-Трендз, 2010.– 284.