QUYOSH ELEKTR STANSIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANIB ENERGIYA TEJAMKORLIKKA ERISHISH

Muradova F. R., Inoyatov O. O. & Baxtiyorov I. I.


Annotatsiya

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan, quyosh elektr stantsiyalarining (QES) samaradorligini oshirish mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida quyosh panellarining foydali ish koeffitsientiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar, jumladan, harorat rejimi, sirtning changlanishi va invertor qurilmalaridagi texnik yo‘qotishlar tahlil qilingan. Maqolada energiya tejamkorligiga erishish uchun zamonaviy monitoring tizimlarini joriy etish va panellarni sovutishning innovatsion usullari taklif etilgan. Olingan natijalar quyosh elektr stantsiyalarini loyihalashda energiya isroflarini kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxini pasaytirish imkonini beradi.


Adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. "Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4422-sonli Qarori. Toshkent, 2019.
  2. Majidov T.S. "Noyanaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari". Darslik. Toshkent, 2011.
  3. Twidell, J., & Weir, T. "Renewable Energy Resources". Routledge, 2015.
  4. Al-Soud, T., et al. "Efficiency of solar cells under different climatic conditions". Journal of Renewable Energy, 2018.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi rasmiy hisobotlari (2024-2025 yy.).
  6. IEA (International Energy Agency) - "Solar PV Global Report 2023".