SO‘Z MA’NOSINI KONTEKST ASOSIDA ANIQLASHNING LINGVISTIK ASOSLARI

Norbekova B. .


Annotatsiya

Mazkur maqolada so‘z ma’nosini kontekst asosida aniqlashning lingvistik asoslari yoritiladi. So‘z ma’nosining nominativ, signifikativ va konnotativ jihatlari, shuningdek, bosh va hosila ma’nolar o‘rtasidagi munosabatlar ko‘rib chiqiladi. Lingvistik, ekstralingvistik, madaniy va intertekstual kontekst turlarining so‘z ma’nosini aniqlashdagi roli ochib beriladi. Ko‘pma’nolilikni aniqlashda sinonimik va antonimik testlar asosida misollar orqali tahlil olib boriladi. Maqolada kontekstning semantik aniqlik va pragmatik yo‘naltirishdagi vazifalari asoslab berilib, so‘z ma’nosining kontekstual modulyatsiyasi masalasi yoritiladi. Shuningdek, kontekstga asoslangan so‘z ma’nosini aniqlashning zamonaviy yo‘nalishlari, xususan, Word Sense Disambiguation (WSD) muammosi va uning sun’iy intellekt hamda tabiiy tilni qayta ishlash tizimlaridagi ahamiyati qayd etiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslik, tarjimashunoslik va kompyuter lingvistikasi uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.


Adabiyotlar

  1. Sh. Rahmatullayev. O‘zbek tilining leksikologiyasi. Toshkent: Universitet, 2004.
  2. N. Mahmudov. Til va nutq. Toshkent: Fan, 2010.
  3. J.R. Firth. Papers in Linguistics. London: Oxford University Press, 1957.
  4. J. Lyons. Semantics. Cambridge: Cambridge University Press, 1977.
  5. M. Abeysiriwardana, D. Sumanathilaka. A Survey on Lexical Ambiguity Detection and Word Sense Disambiguation, 2024.
  6. Word Sense Disambiguation Studio: A Flexible System for WSD Feature Extraction – G. Agre, D. Petrov, S. Keskinova, Information 2019.
  7. Word Sense Disambiguation: Towards Interactive Context Exploitation — Ming Wang, Yinglin Wang, ACL 2021. aclanthology.org