OLIY TA’LIMDA MATEMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA MUAMMOLI MASALALAR ASOSIDA TALABALARNING MANTIQIY VA REFLEKTIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH
Ramazonova S. S.
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitish jarayonida muammoli masalalar asosida talabalarning mantiqiy va reflektiv fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda muammoli ta’limning nazariy asoslari tahlil qilinib, masala yechish jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etishning pedagogik samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, talabalarning mustaqil fikrlash faolligini oshirishda o‘qituvchining yo‘naltiruvchi va maslahat beruvchi roli ochib berilgan. Olingan natijalar muammoli masalalar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarning bilimlarni ongli o‘zlashtirishi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Ma’murov B.B., Davronov I.E. Pedagogik kompetentlik. – Buxoro, 2022.
- Inoyatova D. Ta’lim jarayonida mustaqil fikrlashni rivojlantirish masalalari. – 2024.
- Bransford J., Brown A., Cocking R. How People Learn. National Academy Press, 2000.
- Paul R., Elder L. Critical Thinking. Pearson, 2014.
- Zunnunov A.A. Oliy ta’limda muammoli ta’lim texnologiyalari. – Toshkent, 2021.
- Raxmonov U.Sh. Matematika ta’limida kompetensiyaviy yondashuv. – Toshkent, 2020.
- Ismoilova M.X. Muammoli o‘qitish asosida talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish. // Pedagogik ta’lim jurnali, 2022.
- Jonassen D.H. Learning to Solve Problems. Routledge, 2011.
- Hmelo-Silver C.E. Problem-Based Learning. Educational Psychology Review, 2018.