QOG‘ONOQ PARDANI TUG‘RUQQACHA YIRTILISHIDA ONA VA HOMILADA KUZATILADIGAN ASORATLARNI TAHLIL QILISH. ADABIYOTLAR TAHLILI.

Ismatova L. M. & Indiaminova G. N.


Annotatsiya

37 haftadan keyingi homiladorlikda (muddatiga yetgan homiladorlik) qog‘onoq pardasining yorilishi va suv ketishi tibbiyotda "Muddatiga yetgan homiladorlikda qog‘onoq pardasining tug‘ruqdan oldin yirtilishi" deb ataladi. Bu davrda bola to‘liq shakllangan bo‘lsa-da, suvning erta ketishi o‘ziga xos xavflarni yuzaga keltirishi mumkin. Homiladorlik davrida qog‘onoq pardani tug‘ruqqacha yirtilishiga ta'sir qiluvchi eng muhim omillar; homiladorlik davrida yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari (73,9%), siydik yo‘llarining surunkali yallig‘lanish kasalliklari (51%), tos a'zolari kasalliklari (50,5%) va abortlar (15,8%) ta’sir ko‘rsatadi. Kuz va qishda qog‘onoq pardani tug‘ruqqacha yirtilishi o‘z vaqtida qog‘onoq pardani yirtilishidan 2,5 baravar ko‘proq kuzatiladi. Qog‘onoq pardani tug‘ruqqacha yirtilishi tug‘ruq paytidagi asoratlar sonini ortiradi. Masalan: kindik ichakchasining o‘ralib qolishi 5 marta, homilaning surunkali intrauterin gipoksiyasi 7 marta ko‘p uchraydi va bachadon bo‘ynining yirtilishi nazorat guruhiga qaraganda ikki baravar ko‘p uchraydi. Noqulay premorbid fon, masalan, qog‘onoq pardani tug‘ruqqacha yirtilishida infeksion muhitning o‘zgarishi bachadon bo‘ynining mikroflorasiga ta'sir qiladi. Bu esa bir nechta asoratlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.


Adabiyotlar

  1. American College of Obstetricians and Gynecologists (ACOG). Practice Bulletin No. 217: Prelabor Rupture of Membranes. Obstetrics & Gynecology. 2020.
  2. Royal College of Obstetricians and Gynaecologists (RCOG). Green-top Guideline No. 44: Preterm Prelabour Rupture of Membranes. 2019.
  3. World Health Organization (WHO). WHO recommendations for induction of labour. 2022.
  4. Cunningham F.G., Leveno K., Bloom S. Williams Obstetrics, 26th Edition. McGraw-Hill Education, 2022.
  5. Gabbe S.G., Niebyl J.R., Simpson J.L. Obstetrics: Normal and Problem Pregnancies, 8th Edition. Elsevier, 2021.
  6. Gary Hankins, Steven Clark. Operative Obstetrics. McGraw-Hill, 2019.
  7. Waters T.P., Mercer B.M. The management of preterm premature rupture of the membranes near the limit of fetal viability. American Journal of Obstetrics and Gynecology. 2009.
  8. Mercer B.M. Preterm premature rupture of the membranes. Obstetrics and Gynecology. 2003;101(1):178–193.
  9. Kenyon S., Taylor D.J., Tarnow-Mordi W. Broad-spectrum antibiotics for preterm, prelabour rupture of fetal membranes: the ORACLE I trial. The Lancet. 2001.
  10. Goldenberg R.L., Culhane J.F., Iams J.D., Romero R. Epidemiology and causes of preterm birth. The Lancet. 2008.
  11. Romero R., Dey S.K., Fisher S.J. Preterm labor: molecular mechanisms of premature rupture of membranes. American Journal of Obstetrics & Gynecology. 2014
  12. Menon R., Richardson L. Preterm prelabor rupture of the membranes: causes, molecular mechanisms, and pathophysiology. Seminars in Perinatology. 2017.
  13. Musilova I., et al. Intra-amniotic inflammation and infection in women with preterm PROM. Journal of Maternal-Fetal & Neonatal Medicine. 2016.
  14. Neonatal asoratlar bo‘yicha manbalar Stoll B.J., Shane A.L. Early-onset neonatal sepsis: epidemiology and outcomes. Clinics in Perinatology. 2019.
  15. Sweet D.G., et al. European Consensus Guidelines on the Management of Respiratory Distress Syndrome – 2022 Update. Neonatology Journal.