PNEVMOTRANSPORT TIZIMIDA PAXTA XOM ASHYOSIDAN OG‘IR ARALASHMALARNI AJRATISH JARAYONINING NAZARIY ASOSLARI
Raxmonov X. Q., Fayziyev S. H., Hamidova M. F. & Baxshilloyeva S. D.
Annotatsiya
Mazkur maqolada paxta xom ashyosini pnevmotransport tizimi orqali tashish jarayonida tarkibidagi og‘ir aralashmalarni samarali ajratib olish masalasi o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi pnevmotransport tizimida og‘ir aralashmalarni ajratish samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy aerodinamik va konstruktiv omillarni aniqlash hamda ularning optimal qiymatlarini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqot obyekti sifatida 2ChTL markali tosh tutgich qurilmasi tanlanib, nazariy va grafik modellashtirish usullari qo‘llanildi. Ajratish jarayonida paxta va og‘ir aralashmalarga ta’sir etuvchi aerodinamik qarshilik, og‘irlik va inertsiya kuchlarining muvozanati tahlil qilindi. Ajratish samaradorligining havo oqimi tezligi, ajratish kamerasining geometrik o‘lchamlari hamda oqim yo‘nalishining o‘zgarish burchagiga bog‘liqligi aniqlanib, mos grafik bog‘lanishlar qurildi. Tadqiqot natijalari pnevmotransport tizimida kritik havo tezligi rejimi mavjudligini, konstruktiv parametrlarni ratsional tanlash orqali og‘ir aralashmalarni ajratish samaradorligini sezilarli darajada oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Olingan ilmiy xulosalar paxta tozalash korxonalarida mavjud qurilmalarni modernizatsiya qilish va yangi avlod yuqori samarador tosh tutgichlarni loyihalash uchun amaliy ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
- The ICAC recorder. June 2023, Volume XXXIX, No. 2. ISSN 1022-6303. https://www.icac.org.
- Ibodullayev, O. O., Rasulov, E. N., & Muxidinova, S. N. THE ROLE OF OPTICAL SENSORS IN OPTIMIZING THE TECHNOLOGICAL PARAMETERS OF COTTON CLEANING MACHINES Sh Fayziyev Bukhara State Technical University.
- Р.Мурадов, С.Хусанов, А.Каримов “Пахтани таркибидаги оғир аралашмаларни тутиб қолувчи қурилмаларни самарадорлигини ошириш йўллари” монография “Наманган” нашриёти, 2017.
- IAP 20220578“Тоштутгич”.
- Djuraev, A., Sayitkulov, S., Kholmirzaev, J., Haydarov, B., & Mustafaev, N. (2024, January). Substantiated parameters of multifaceted grates in the coarse cleaning zones of a cotton gin. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2969, No. 1, p. 050027). AIP Publishing LLC.
- Rakhmonov, H., Matyakubova, J., & Fayziev, S. (2025). Optimization of the processes of simultaneous transportation, drying and cleaning of raw cotton in screw dryers-cleaners. Modern Innovations, Systems and Technologies, 5 (3), 3018-3027.
- Djuraev, A., Sayitqulov, S., Nurboev, R., Xolmirzaev, J., & Berdimurodov, U. (2022). Analysis of full-factorial experiments on improving the cotton gin. Современные инновации, системы и технологии, 2(1), 69-75.
- Sayitkulov, S., Nurmatova, N., Sharipov, J., Salomov, A., & Saidova, G. (2024). Optimization of parameters on the combined cotton cleaning machine and analysis of cleaning efficiency. In E3S Web of Conferences (Vol. 508, p. 08020). EDP Sciences.
- Косимов Х. Х. и др. ПАХТА ВА ОҒИР АРАЛАШМАЛАРНИ ИШЧИ КАМЕРАДАЗАРБАЛАНИШ ЖАРАЁНИНИ НАЗАРИЙ ТАДҚИҚОТИ //World scientific research journal. – 2022.– Т. 3. – № 1. – С. 209-216.
- Fayziev, S. H., Fatullaeva, S. I., & Nazhmiddinov, I. P. (2023). Influence of density and temperature on moisture release rate during cotton raw material drying. In Fundamental and applied scientific research in the field of inclusive design and technologies: experience, practice and prospects (pp. 135-140).
- O.Sh.Sarimsakov “Theoretical bases of cotton transfer and pneumatic transport processes” Toshkent-2021.
- Kh, F. S., Fatullaeva, S. I., & Kh, T. O. (2022). Theoretical and experimental study of the influence of temperature, humidity and density on the drying process of raw cotton. Eurasian journal of medical and natural sciences, Innovative Academy Research Support Center, 2 (01), 66-71.