BENZIN OKTAN SONINI OSHIRISHNING IZOMERIZATSION JARAYONINI TADQIQ QILISH

Saidov L. E., To‘raqulova M. Q. & Begudjanova S. Y.


Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy avtomobil benzini ishlab chiqarish sanoatidagi izomerizatsiya jarayoni tahlil qilindi. Benzin sifatini oshirishda, xususan oktan sonini ko‘tarishda yengil parafin fraksiyalarini (n-pentan va n-geksan) izomerizatsiya qilish jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarda Pt/WO₃/ZrO₂ katalizatori ishlatilgan bo‘lib, u past harorat va bosimda yuqori oktanli izomerlarni hosil qilishda samarali hisoblanadi. Izomerizatsiya jarayoni karbokatsion mexanizm asosida sodir bo‘lib, n-pentan va n-geksan izoparafinlarga aylanadi, bu esa oktan sonini sezilarli darajada oshiradi. Jarayon xomashyosi sifatida yengil benzin fraksiyalari va riforming rafinatlari ishlatiladi. Texnologik sxema bo‘yicha gaz-xomashyo issiqlik almashtirgichlardan o‘tadi, 130-170 °C haroratgacha qizdiriladi va bosim 3,5 MPa darajasida saqlanadi. Reaktorda ketma-ket uchta reaktor orqali izomerizatsiya amalga oshiriladi, natijada izomerizatning chiqishi 93-97% gacha bo‘ladi. Yon mahsulot sifatida hosil bo‘ladigan quruq gazlar esa yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Pt/WO₃/ZrO₂ katalizatori yuqori selektivlik, past xarajat va ekologik toza jarayon imkonini beradi. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan katalizatorlarni rivojlantirish bo‘yicha izlanishlar davom etmoqda.


Adabiyotlar

  1. Махмудов М.Ж., Наубеев Т.Х, Сапашов И.Я., Артықбаева А.Р. Гидроизомеризация бензолсодержащей фракции низкооктанового бензина на катализаторе NiCu/Al2O3 с целью соответствия его до норм Евростан- дарта-5 // «Инновационные развитие нефтегазовой отрасли, современная энергетика и их актуальные проблемы». Международная конференция, Ташкент-2020. С. 141-142.
  2. Чупарев Е.В., Гиязов О.В., Зернов П.А., Парпуц О.И. Исследование кинетики процессов изомеризации пентана и гексана // Сборник тезисов научно-технической конференции молодых ученых «Неделя науки - 2013» Санкт-Петербургского государственного технологического института (технического университета), СПб: СПбГТИ(ТУ), 2013. – С. 79-80.
  3. Chekantsev N.V., Kravtsov A.V., Ivanchina E.D., Gyngazova M.S. Mathematical modeling of pentane-hexane fraction isomerization process on Si-2 catalys // XVIII International Conference on Chemical Reactors CHEMREACTOR-18 Malta September 29 - October 3, 2008, с 305-306.
  4. Маликов И.Д. Каталитическая изомеризация углеводородов в присутствии носителей, модифицированных ионными жидкостями: дис. канд. техн. наук: 05.17.07: защищена 05.07.17 / И.Д. Маликов. – Астрахань, 2011. – 142 с.
  5. Patenti: RU 2277526 C1.
  6. Patenti: RU 2 748 268 C1.
  7. https://pronpz.ru/ustanovki/kat-izomerizatsiya.html