QUYONLARNING FIZIOLOGIK JARAYONLARI UCHUN ZARUR BOʻLGAN MINERAL ELEMENTLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Narzullayeva M. A., Abduxalilov S. A. & Ismatova Z. A.
Annotatsiya
Hozirgi kunda butun dunyo bo‘yicha aholi sonining jadal sur’atlarda ortib borishi mavjud go‘sht resurslaridan (qoramol, qo‘y-echki va boshqalar) oziq-ovqat mahsuloti sifatida keng miqyosda foydalanilishiga olib kelmoqda. Natijada, ayrim chorva turlarining bosh soni keskin kamayish xavfi bilan yuzlashmoqda. Shu munosabat bilan parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik tarmoqlari aholini sifatli go‘sht hamda go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda muhim zahira manbalari sifatida e’tirof etilmoqda. Quyonlarni turli, jumladan ekstremal sharoitlarda parvarishlash va oziqlantirishning optimal usullarini aniqlash, ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga joriy etish orqali go‘sht tanqisligi muammosini ijobiy hal etish imkoniyati mavjud. Mazkur masala bugungi kunda dolzarb ilmiy-amaliy muammolardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda jahonda tashqi muhit omillari ta’siri ostida hayvonlarda stress holatlarining yuzaga kelishi, qishloq xo‘jaligi hayvonlari mahsuldorligining pasayishi, infeksion va invazion kasalliklarga nisbatan tabiiy chidamliligining susayishi, shuningdek, ulardan olinadigan mahsulotlar sifatining yomonlashuvi va bosh sonining kamayib ketishining oldini olish bo‘yicha keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Quyonlar organizmining normal faoliyati, oʻsishi, rivojlanishi va reproduktiv koʻpayishi uchun bir qator mineral elementlar muhim ahamiyatga ega. Bu bioelementlar koʻplab biokimyoviy jarayonlarda, struktur funksiyalarda va metabolik tartibga solish mexanizmlarida ishtirok etadi. Ushbu maqolada quyonlarning hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan asosiy makro va mikroelementlar, ularning fiziologik ahamiyati va ahamiyati ilmiy jihatdan yoritiladi.
Adabiyotlar
- De Blas, C., & Wiseman, J. (Eds.). (2010). The Nutrition of the Rabbit (2nd ed.). CAB International.
- Cheeke, P. R., & Merkel, R. A. (Eds.). (1984). Rabbit Production. The Interstate Printers & Publishers.
- National Research Council (NRC). (1977). Nutrient Requirements of Rabbits. National Academies Press.
- Lebas, F., Coudert, P., de Rochambeau, H., & Thébault, R. G. (1997). The Rabbit: Husbandry, Health, and Production. FAO.
- Maertens, L., & Villamide, M. J. (1998). "Nutrition of the growing rabbit." World Rabbit Science, 6(2), 55-64.