MDEA/DEA AMIN ERITMALARIDAN ISSIQLIKKA BARDOSHLI TUZLARNI SUVNI HAYDASH ASOSIDA AJRATISH VA ULARNING INSTRUMENTAL TAHLILI

Norqulov J. F., Ibodullayev M. X., Abduraxmonov O. R. & Kodirov O. S.


Annotatsiya

Ushbu maqolada MDEA/DEA amin eritmalarida hosil bo‘ladigan issiqlikka bardoshli tuzlar (Heat Stable Salts – HSS) muammosi va ularni kamaytirishning fizik-kimyoviy asoslangan usuli tadqiq etildi. HSS amin molekulalarining organik kislotalar bilan reaksiyasi natijasida hosil bo‘lib, eritmada Na⁺, K⁺, Ca²⁺, Mg²⁺ va Fe³⁺ kabi ionlar bilan barqaror tuzlar shaklida to‘planadi va gaz tozalash jarayonining samaradorligini pasaytiradi. Tadqiqotda MDEA eritmasidan suvni haydash orqali eritmani kontsentratsiyalash va HSS ni cho‘ktirishga asoslangan yondashuv qo‘llanildi. Jarayon samaradorligi ICP-OES yordamida ion tarkibini aniqlash hamda nano-LC-MS/MS orqali aminning organik degradatsiya mahsulotlarini tahlil qilish orqali baholandi. Natijalar Na va Ca ionlarining konsentratsiyasi mos ravishda 17,6 g/kg va 31,0 g/kg gacha yetgan HSS boy namunalarda suvni haydashdan so‘ng 60–70 % gacha kamayganini ko‘rsatdi. Mass-spektrometrik tahlillar ham tozalangan amin eritmasida organik kislotalar va parchalanish mahsulotlari sezilarli darajada kamayganini tasdiqladi. Olingan natijalar taklif etilgan yondashuv HSS ni samarali ajratish va amin eritmalarining texnologik sifatini tiklash uchun qulay usul ekanini ko‘rsatadi.


Adabiyotlar

  1. O. Y. Aripdjanov, S. M. Turobjonov, S. P. Nurullaev, and S. A. Azimova, ‘ABSORBENT COMPOSITES BASED ON DEA AND MDEA AND USING WATERSOLUBLE POLYELECTROLYTES. | EBSCOhost’. Accessed: Jun. 03, 2025. [Online]. Available: https://openurl.ebsco.com/contentitem/gcd:173505949?sid=ebsco:plink:crawler&id=ebsco:gcd:173505949
  2. K. Akmalxon, N. Suvankul, and X. Jamshidbek, ‘CLEANING OF METHYLDIETHANOLAMINE AND DIETHANOLAMINE SOLUTIONS USED IN NATURAL GAS CLEANING‘, Univers. Технические Науки, vol. 10, no. 5 (122), Art. no. 5 (122), 2024, Accessed: Jun. 03, 2025. [Online]. Available: https://cyberleninka.ru/article/n/cleaning-of-methyldiethanolamine-and-diethanolamine-solutions-used-in-natural-gas-cleaning
  3. T. B. Turayev, N. A. Igamkulova, S. S. Mengliyev, and H. N. Rakhimov, ‘Recovery of Spent Methyldiethanolamines and Reduced Environmental Impact’, E3S Web Conf., vol. 491, p. 04010, 2024, doi: 10.1051/e3sconf/202449104010.
  4. N. Verma and A. Verma, ‘Amine system problems arising from heat stable salts and solutions to improve system performance’, Fuel Process. Technol., vol. 90, no. 4, pp. 483–489, Apr. 2009, doi: 10.1016/j.fuproc.2009.02.002.
  5. E. A. Grushevenko, S. D. Bazhenov, V. P. Vasilevskii, E. G. Novitskii, and A. V. Volkov, ‘Two-Step Electrodialysis Treatment of Monoethanolamine to Remove Heat Stable Salts’, Russ. J. Appl. Chem., vol. 91, no. 4, pp. 602–610, Apr. 2018, doi: 10.1134/S1070427218040110.
  6. H. Meng, S. Zhang, C. Li, and L. Li, ‘Removal of heat stable salts from aqueous solutions of N-methyldiethanolamine using a specially designed three-compartment configuration electrodialyzer’, J. Membr. Sci., vol. 322, no. 2, pp. 436–440, Sep. 2008, doi: 10.1016/j.memsci.2008.05.072.
  7. T. Kikhavani, H. Mehdizadeh, B. Van der Bruggen, and B. Bayati, ‘Removal of Heat-Stable Salts from Lean Amine of a Gas Refinery via Electrodialysis’, Chem. Eng. Technol., vol. 44, no. 2, pp. 318–328, 2021, doi: 10.1002/ceat.202000375.
  8. F. Chen et al., ‘Removal of heat stable salts from N-methyldiethanolamine wastewater by anion exchange resin coupled three-compartment electrodialysis’, Sep. Purif. Technol., vol. 242, p. 116777, Jul. 2020, doi: 10.1016/j.seppur.2020.116777.
  9. A. Ghorbani et al., ‘Application of NF Polymeric Membranes for Removal of Multicomponent Heat-Stable Salts (HSS) Ions from Methyl Diethanolamine (MDEA) Solutions’, Molecules, vol. 25, no. 21, Art. no. 21, Jan. 2020, doi: 10.3390/molecules25214911.