“BUXORO HETK” AJ TAQSIMLOVCHI TARMOQLARIDA SUNIY INTELLEKT VA MASHINALI O‘QITISH USULLARINI QO‘LLASH
Amrullayeva N. M. & Murodova Z. R.
Annotatsiya
Ushbu ishda “BUXORO HETK” AJ elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarida sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish texnologiyalarini joriy etish masalalari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida elektr ta’minoti tizimlarining raqamlashtirilishi, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, yuklamalarni prognozlash hamda avariyaviy holatlarni oldindan aniqlashda intellektual algoritmlarning o‘rni yoritib berilgan. Mashinali o‘qitish modellari asosida elektr energiyasi iste’molini aniqlash, texnik va tijorat yo‘qotishlarini kamaytirish, tarmoq elementlarining texnik holatini baholash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, prediktiv texnik xizmat ko‘rsatish, noqonuniy ulanishlarni aniqlash va iste’molchilar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilashda sun’iy intellektning amaliy afzalliklari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari “BUXORO HETK” AJ taqsimlovchi tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, boshqaruv qarorlarini optimallashtirish hamda elektr energiyasi ta’minotining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Kundur p., power system stability and control, mc graw-hill, 1994
- Glover j.d., sarma m.s., overbye t.j., power system analysis and design, cengage learning, 2016
- Bishop c.m., pattern recognition and machine learning, springer, 2006
- Goodfellow i., bengio y., courville a., deep learning, mit press, 2016
- Mohammadi m., hamkorlari, application of machine learning in smart grids, ieee transactions on smart grid, vol. 9, no. 4, 2018
- Ieee power & energy society, smart grid and intelligent energy systems reports, ieee, 2020
- Cigre, international electricity distribution and smart grid standards, 2019
- International energy agency (iea), digitalization and smart grids, 2021
- O‘zbekiston respublikasi energetika sohasini rivojlantirish davlat dasturlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlari, toshkent, 2020–2025