O‘ZBEKISTON AHOLISI ORASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH DARAJASI

Maksudova A. I. & Akramxo‘jayev Y. T.


Annotatsiya

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirib, inson kapitalini rivojlantirish va raqamli inklyuziyani ta’minlashning muhim omiliga aylanmoqda. Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston aholisi orasida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi, uning yosh, hududiy va ta’lim omillari bilan bog‘liqligi hamda raqamli tafovut muammolari kompleks tarzda tahlil qilindi. Tadqiqot aralash metodologiya asosida olib borilib, milliy rasmiy statistika, xalqaro tashkilotlar ma’lumotlari hamda empirik tadqiqotlar natijalariga tayandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, 2019–2024 yillar davomida internetdan foydalanish darajasi 52 % dan 82 % gacha oshgani aniqlanib, raqamli texnologiyalarning izchil rivojlanish tendensiyasi kuzatildi. Shu bilan birga, shahar va qishloq hududlari o‘rtasida sezilarli tafovutlar saqlanib qolayotgani, ayniqsa qishloq aholisi, yoshi katta hamda o‘rta ma’lumotli guruhlarda raqamli ko‘nikmalar past darajada ekanligi aniqlandi. Xalqaro qiyosiy tahlil O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayoni rivojlanayotgan davlatlar uchun xos bo‘lgan umumiy tendensiyalarga mos kelishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari raqamli tengsizlikni qisqartirish, hududiy raqamli infratuzilmani rivojlantirish va raqamli savodxonlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.


Adabiyotlar

  1. Saatova Lolakhon Ergashevna. Digital Transformation and ICT Development in Uzbekistan's Digital Economy. Academia Open Vol. 11 No. 1 (2026): June DOI: 10.21070/acopen.11.2026.13142
  2. Alimova E’zoza Ne’matillayevna, Nurmatova Nasibaxon Xoshimjanovna. DIGITAL UZBEKISTAN - 2030 STRATEGY, DIGITAL LITERACY AND THEIR EFFECTIVE MEASURES. Journal of Innovations in Pedagogy and Educational Advancements Volume 01, Issue 04, April, 2025 brightmindpublishing.com ISSN (E): 3061-6972
  3. Saidasror Gulyamov, Gulnora Karieva, and Muhabbat Rasulova. Experience of development of digital technologies in Uzbekistan. E3S Web of Conferences 389, 03040 (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338903040
  4. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha yillik hisobot. Toshkent, 2023.
  5. Ян ван Дейк, Кембридж. Цифровое неравенство. Polity Press, 2020, 208 стр., 17,99, ISBN: 978-1-509-534456
  6. Seok Kang, Christopher G. Reddick, Roger Enriquez, Richard Harris. Digital Divide Factors for User Engagement: Views From Older Adults in Minority-Majority Communities. International Journal of Public Administration in the Digital Age Volume 11 • Issue 1 • January-December 2024
  7. Панайотис Кириакогконас, Александрос Гарефалакис, Фрагискос К. Гонидакис Николаос Трихас ,Николаос Зампулакис. Перспективы цифровой трансформации греческого государственного сектора посредством государственно-частного партнерства: исследование общественного мнения. Theoretical Economics Letters , Том 13, № 3 , 30 июня 2023 г.
  8. Education at a Glance 2021 OECD INDICATORS.
  9. Луиза Страуд , Элизабет Грин , Йохан Кронье. Процесс пересмотра, объединяющий качественную и количественную оценку. Психология , Том 11, № 3 17 марта 2020 г