JALAQUDUQ PAXTA TOZALASH ZAVODIGA O‘RNATILGAN YANGI KONSTRUKSIYALI VINTLI KONVEYERNING TAJRIBA SINOV NATIJALARI TAHLILI
Marasulov I. R.
Annotatsiya
Hozirgi paytda ham paxta tozalash korxonalarining paxtani bir bo‘limdan ikkinchi va undan keyingi bo‘limlarga tashishda vintli konveyerlar asosiy transport vositalaridan biri hisoblanadi. Vintli konveyerlar paxtani tashish bilan birga tashish jarayonida, paxtani asosiy tozalov mashinalariga yetib borgunicha dastlabki tozalovni ham bir muncha amalga oshiradi. Bu paxta tozalash mashinalari tozalash samarasini oshishiga xizmat qiladi. Vintli konveyerning tashish va tozalash samaradorligi uning konstruksiyasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ushbu maqolada vintli sirtga va vintsimon valga ega bo‘lgan vintli konveyerning yangi konstruksiyali tajriba-sinov namunasi samaradorligi haqida so‘z yuritiladi.
Adabiyotlar
- Djurayev A., Marasulov I. Vintli konveyerlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar tahlili. BuxMTI ilmiy jurnali. 6-2023.
- А.Дж. Джураев, К.К. Юлдашев, И.Р. Марасулов, А.И. Тохиров. Разработка эффективной конструктивной схемы винтового конвейера. АндМИ илмий-техник журнали. Махсус сон. №4. 2022.
- Q. Xolmirzayev. Tolali materiallarga birlamchi ishlov berish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2007.
- Шукуров М.М. и др. Патент Рес. Узб. Винтовой конвейер. UZ IAP 032701, Бюлл. №2, 2007.
- Абдугафаров Х.Ж. и др. Патент Рес. Узб. Винтовой конвейер. FAP №01141, Бюлл. №10, 2016.