MA’DANLI VA KOSCHEKA KONI MA’DAN NAMUNALARI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING KIMYOVIY TARKIBINI SPEKTRAL TAHLIL ASOSIDA BAHOLASH

Almatov I. M., Ochilov S. A., Normurodov A. A., Ulug‘berdiyev S. R. & Azizmatov B. B.


Annotatsiya

Mazkur maqolada Navoiy viloyati Qizilqum hududida joylashgan Ma’danli va Koscheka koni ma’dan namunalari asosida olib borilgan kompleks geologik-geokimyoviy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi murakkab mineralogik va geokimyoviy tarkibga ega bo‘lgan ma’dan namunalarini analitik tahlil uchun ilmiy-metodik talablarga muvofiq tayyorlash hamda ularning kimyoviy tarkibini spektral tahlil usuli yordamida aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida namuna olish, maydalash, gomogenizatsiya, qisqartirish va granulometrik tayyorlash bosqichlari davlat standartlariga muvofiq bajarildi. МОРС-6 rusumli spektral analizator yordamida asosiy va iz elementlarning miqdoriy tarkibi aniqlandi. Olingan natijalar Ma’danli va Koscheka koni namunalari vanadiy, molibden, uran, nikel va boshqa strategik elementlar uchun tabiiy kontsentrator ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari konlarning geologik, sanoat va ekologik ahamiyatini baholashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.


Adabiyotlar

  1. Нормы технического проектирования карьеров открытых горных работ. – М.: Недра, 1986. – 256 с.
  2. Инструкция по маркшейдерскому обеспечению открытых горных работ. – М.: Недра, 1987. – 220 с.
  3. Методические рекомендации по подсчету и учету запасов месторождений строительных материалов. – Ташкент: Госкомгеология Республики Узбекистан, 2018. – 145 с.
  4. Кошкаров А.А., Абдуллаев Ш.Р. Маркшейдерское дело при разработке месторождений строительных материалов. – Ташкент: Изд-во ТГТУ, 2016. – 312 с.
  5. ГОСТ 12071–2014. Полезные ископаемые. Отбор проб. – Введ. 01.01.2016. – М.: Стандартинформ, 2015. – 18 с.
  6. Турамуратов И.Б., Лузановский А.Г., Парамонов Ю.И. Лантаноиды и платиноиды в золото-редкометальных рудах углеродисто-терригенных отложений Нуратау-Кызылкумского региона // Горный вестник Узбекистана. – 2005. – № 1. – С. 21–25.