O‘TKIR REVMATIK ISITMA KASALLIGI PROFILAKTIKASIDA JISMONIY TARBIYANING AHAMIYATI

Kuldashev S. F. & Ahmedov O. F.


Annotatsiya

O'tkir revmatik isitma (ORI) A guruhidagi beta-gemolitik streptokokk infektsiyasi natijasida rivojlanadigan autoimmun kasallik bo'lib, asosan bolalar va o'smirlarda uchraydi. Kasallikning asosiy xavfi yurak-klapan nuqsonlarining shakllanishidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan O'zbekistonda, ORI va revmatik yurak kasalligi (RYuK) bolalar orasida yurak patologiyasining yetakchi sabablaridan biri hisoblanadi. Profilaktika choralarida streptokokk infektsiyasini oldini olish va immun tizimni mustahkamlash muhim o'rin tutadi. Jismoniy tarbiya muntazam ravishda o'tkazilganda umumiy immunitetni oshiradi, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi va surunkali yallig'lanish jarayonlarini kamaytirishi mumkin. Ushbu tadqiqotda O'zbekiston sharoitida maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiyaning ORI va RYUK profilaktikasidagi roli o'rganildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, haftada 3–5 marta o'rtacha intensivlikdagi jismoniy mashqlar bilan shug'ullangan bolalarda streptokokk infektsiyalari va ORI rivojlanishi xavfi sezilarli pasaygan. Tadqiqot mahalliy sog'liqni saqlash va ta'lim tizimida jismoniy tarbiyani profilaktik chora sifatida kengaytirish uchun asos bo'ldi.


Adabiyotlar

  1. Furqatovich, Qo‘ldoshev Sardor, and Mahkamov Azamat Aliqulovich. "O’ZBEKISTON BOLALARI VA O ‘SMIRLARI ORASIDA SURUNKALI TONZILLIT VA REVMATIZMNING IMMUNOLOGIK VA IMMUNOGENETIK XUSUSIYATLARI." Tadqiqotlar 59.2 (2025): 270-272.
  2. Watkins D.A. et al. Global, regional, and national burden of rheumatic heart disease, 1990–2015. N Engl J Med, 2017.
  3. Nieman D.C. et al. Exercise and immune function. Sports Med, 2019.
  4. Gleeson M. et al. The anti-inflammatory effects of exercise. Nat Rev Immunol, 2011.
  5. Угли, Шавази Нурали Мухаммад, et al. "Оптимизация терапии рецивирующего течения бронхообструктивного синдрома у детей." Достижения науки и образования 3 (57) (2020): 58-62.
  6. Белов, Б. С., and Т. П. Гришаева. "Острая ревматическая лихорадка: современные подходы к первичной и вторичной профилактике." Лечащий врач 6 (2007): 99-101.7.Abdullaeva D.A.
  7. Рустамова, Гулноза Рустамовна, and Лола Атамурадовна Мухамадиева. "Современные аспекты клинико-лабораторных методов исследования острой ревматической лихорадки." International scientific review LXVI (2020): 106-110.