SUV YETKAZIB BERISH KOMPANYALARI UCHUN MOBIL ILOVA YARATISH

Xudayberganov T. R. & Razzaqberdiyeva M. B.


Annotatsiya

Ushbu tadqiqot butilkalangan suv yetkazib berish sohasida biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun mobil ilovaning minimal darajada yashovchan mahsulotini (MVP) ishlab chiqish metodologiyasiga bagʻishlangan. MVP ni ishlab chiqish — bu biznes g'oyani tasdiqlash, investitsiya xavfini kamaytirish va bozorga chiqish vaqtini qisqartirish imkonini beruvchi strategik qadamdir. Suv yetkazib berish kontekstida bunday ilova savdo samaradorligini oshirish, buyurtmalarni qabul qilish va yetkazib berishni soddalashtirish, shuningdek, hisob-kitoblarni va inventarizatsiyani boshqarishni avtomatlashtirishga qaratilgan. MVP ning asosiy funksiyalari yakuniy mijoz uchun qulay interfeysni, mahsulotlarni ko'rish va yetkazib beruvchining joylashuvini kuzatish kabi imkoniyatlarni, shuningdek, administratorlar, nazoratchilar va ombor xodimlari uchun murakkab ichki tizimni qamrab olishi kerak. Ishlab chiqish metodologiyasi biznes ehtiyojlarini aniqlash va bozorni o'rganishdan boshlab, 19 bosqichli MVP nazorat ro'yxatidan foydalangan holda, chaqqon rivojlanish (Agile) tamoyillariga qat'iy rioya qilishi lozim. Flutter yoki React Native kabi kross-platforma freymvorklarini tanlash iOS va Android platformalarida yagona kod bazasini ta'minlash uchun juda muhim bo'lib, bu ishlab chiqishni tezlashtiradi va qo'llab-quvvatlashni soddalashtiradi. Yakunda asosiy funksiyalarga e'tibor qaratish (eng dolzarb muammolarni hal qilish) real foydalanuvchilar fikr-mulohazalari asosida organik rivojlanishga qodir bo'lgan kengaytiriladigan va moslashuvchan infratuzilmani yaratish imkonini beradi.


Adabiyotlar

  1. Amit Manchanda. 19-Step Minimum Viable Product (MVP) Checklist [With PDF]. Net Solutions (Updated: June 20, 2025).
  2. Sigosoft. 2026-yilda suv yetkazib berish boʻyicha eng yaxshi ilovalarni ishlab chiqish.
  3. Velmor Texnologiya. ERP/CRM Mobil Ilova Integratsiyasi.
  4. Brander. Flutter vs React Native в 2025 году: что выбрать для e-commerce приложения?.
  5. Margarita. How to Build an MVP for Food Delivery App Development: A Step-by-Step Guide. IntexSoft (May 28, 2025).
  6. enuaru. Заказать мобильное приложение для службы доставки воды.
  7. Клеверенс. Мобильное приложение для бизнеса по доставке воды.
  8. Александр Мурзанаев. Стоимость разработки мобильного приложения для iOS и Android на заказ в 2025 году. AppCraft (02.06.2025).
  9. Exadot. Интеграция с платёжными системами в Узбекистане.
  10. CleverPumpkin. Как выбрать компанию — мобильного разработчика. Habr (24 авг 2023