JUN TOLALARINI YUVISH JARAYONIDA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRUVCHI KONSTRUKTIV YECHIMLAR

Jo‘rayev Q. C.


Annotatsiya

Mazkur maqolada mahalliy jun tolalarini yuvish jarayonida energiya tejamkor konstruktiv yechimlarni tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Junni yuvish jarayoni yengil sanoatda eng ko‘p energiya va suv sarflanadigan bosqichlardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda mavjud yuvish uskunalarining konstruktiv tuzilishi, ularning energiya sarfiga ta’siri hamda energiya samaradorligini oshirish imkoniyatlari o‘rganildi. Mahalliy xomashyo xususiyatlarini inobatga olgan holda, energiya tejamkor mexanik va texnologik yechimlar taklif etildi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida yuvish jarayonida elektr energiyasi va issiqlik resurslari sarfini kamaytirish, shu bilan birga jun tolalarining sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish imkoniyati mavjudligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari energiya tejamkor jun yuvish qurilmalarini loyihalash va amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Adabiyotlar

  1. Jo‘Rayev Qurbonali Chori O‘G‘Li, Urozov Mustafokul Kulturayevich, & Jurayev Davron Amir O‘G‘Li (2025). MAHALLIY DAG‘AL JUN TOLASI TARKIBIDAGI IFLOS ARALASHMALARNI ERITISH, YUVISH VA CHAYISH JARAYONINING TADQIQOT TAHLILI. Механика и технология, 6 (Спецвыпуск 1), 316-319.
  2. D.A.Jurayev, X.A.Abdirashidov, Tabiiy jun tolasini tozalash uskunasining ta’minlovchi valigini takomillashtirish orqali ish unumdorligini oshirishni nazariy tahlili.// “Paxta tozalash, to‘qimachilik va еngil sanoat sohalarining texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. II-qism. TMTI//2023-yil 20-21-oktabr. 398-402 bet.
  3. D.A.Jurayev, X.A.Abdirashidov, Mahalliy jun tolasini titish-tozalash uskunasining qoziqchali barabanidagi qoziqchalar sonini oshirish orqali tozalash samaradorligini oshirish tahlili. // “Paxta tozalash, to‘qimachilik va еngil sanoat sohalarining texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. II-qism. TMTI//2023-yil 20-21-oktabr. 403-408 bet.
  4. D.A.Jurayev, M.K.Urozov, N.A.Urakov, “Junni titish-tozalash uskunasini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish orqali uning ish unumdorligini oshirish”// Namangan muhandislik-qurilish instituti “Mexanika va texnologiya” ilmiy jurnali ISSN 2181-158Х. № 1 (4), 2023 Maxsus son 2023. 25-29 bet.
  5. D.A.Jurayev, M.K.Urozov, N.A.Urakov, I.U.Eshonqulova, “Jun tolasini mexanik usulda titish va tozalash uskunasiga qiya ta’minlash mexanizmi va bunker o‘rnatish orqali tola tiqilishini oldini olish”// Namangan muhandislik-qurilish instituti “Mexanika va texnologiya” ilmiy jurnali ISSN 2181-158Х. №3(12) 2023. 262-267 bet.