YENGIL BETONNING ICHKI HARORAT TURG‘UNLIGIGA TA’SIR ETUVCHI G‘OVAKLIK VA STRUKTURA PARAMETRLARI
Usmonov J. M. & Qaxxorova D. O.
Annotatsiya
Ushbu maqolada yengil betonning ichki harorat turg‘unligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy struktura omillari — g‘ovaklik darajasi, material zichligi va granulometrik tarkibning kompleks ta’siri ilmiy asosda o‘rganiladi. Tadqiqotda yengil betonning issiqlik-fizik xususiyatlari, ayniqsa mikro va makro g‘ovaklarning shakllanish mexanizmi, ularning o‘lchami, taqsimlanishi va yopiq-o‘chiq holati harorat o‘zgarishiga materialning reaksiyasini belgilovchi muhim parametrlar sifatida baholandi. Analitik tahlil natijalaridan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, g‘ovaklarning optimal miqdori va ularning bir tekis taqsimlanishi issiqlik o‘tkazuvchanligini pasaytirib, yengil betonning ichki harorat barqarorligini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, past zichlik va to‘g‘ri tanlangan granulometrik tarkib issiqlik oqimini cheklashi, issiqlik sig‘imini yaxshilashi va tashqi muhit ta’siriga nisbatan turg‘unlikni kuchaytirishi aniqlandi. Ushbu tadqiqot natijalari yengil betonning energiya tejamkor qurilish materiallari sifatidagi afzalliklarini asoslashga, shuningdek, uning texnologik tarkibini optimallashtirish uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Berdiyev Obloqul Boboqulovich t.f.n.,dotsent, Jizzax politexnika instituti Narziqulov G‘iyosjon Niyatqulovich assistent, Jizzax politexnika instituti. Yuqori haroratning yuqori mustahkamlikga ega bo‘lgan betonning xususiyatlariga ta’siri. (maqola)
- Mamatqulov A., “Qurilish materiallari”, O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, Toshkent, 2018.
- Yo‘ldoshev T., “Beton va temirbeton texnologiyasi”, O‘quv qo‘llanma, Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020.
- Raxmonov S., “Qurilish materiallarining fizik-texnik xossalari”, Toshkent, 2017.
- O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi me’yoriy hujjatlari: “Yengil betonlar bo‘yicha texnik talablar”, O‘z DSt 266-2017.
- Umarov O. va boshq., “Beton aralashmalarining tarkibi va ularning mikrostrukturasini optimallashtirish”, Toshkent arxitektura-qurilish instituti ilmiy jurnali, 2021.
- “Energiya samarador qurilish materiallari”, Maqolalar to‘plami, Toshkent, 2022.