ENERGETIKA TIZIMLARINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI SAMARADORLIKNI OSHIRISH VA AQLLI BOSHQARUVNI JORIY ETISH
Xushboqov B. X., Qurbonazarov S. E. & Abzoirov E. A.
Annotatsiya
Ushbu maqolada energetika tizimlarini raqamlashtirish orqali energiya samaradorligini oshirish va aqlli boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda Smart Grid konsepsiyasi, aqlli hisoblagichlar, IoT sensorlar, raqamli nimstansiyalar, sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish hamda blokcheyn texnologiyalarining zamonaviy elektroenergetika tizimlaridagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Maqolada xalqaro tajriba asosida raqamli energetika rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilib, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Xitoy va Rossiya misolida aqlli tarmoqlarni joriy etish natijasida energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, tarmoq ishonchliligini oshirish va operatsion xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada import o‘rnini bosish sharoitida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqamli elektr texnikasi, xususan, aqlli avtomatik o‘chirgichlar, raqamli monitoring va prediktiv diagnostika tizimlarining sanoat korxonalarida qo‘llanishi tahlil qilinadi [5]. Raqamli tok transformatorlari va optik o‘lchash texnologiyalari asosida qurilgan raqamli nimstansiyalarning an’anaviy tizimlarga nisbatan afzalliklari, o‘lchash aniqligi va energiya yo‘qotishlarini kamaytirishdagi roli ilmiy-texnik jihatdan asoslab berilgan [1, 2, 6]. Tadqiqot natijalari energetika tizimlarini modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini samarali integratsiya qilish, energiya xavfsizligini ta’minlash va raqamli energetika sohasida barqaror rivojlanishga erishishda muhim amaliy ahamiyatga ega [3].
Adabiyotlar
- Xushboqov B.X., Raxmonov I.T., Musurmonov Yo.B., Rashidov Sh.O‘. - Raqamli tok transformatorlari. “Respublikamiz janubida muhandislik va agrotexnologiyalar sohalarida texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishning dolzarb muamolari va yechimlari” mavzusida 2025 –yil 18-19 dekabr 2025. Termiz.
- B. Khushbokov, N. Niyozov, G. E. Saidova, and I. Bakhadirov, “Energy efficiency of concrete work technology,” in AIP Conference Proceedings, AIP Publishing, 2024, p. 030025. Accessed: Oct. 06, 2025. [Online]. Available: https://doi.org/10.1063/5.0218841
- Bakhtiyor Khushbokov, Abdulkhay Rasulov, Abdubakir Abdullaev, Abdulla Tanirbergenov Current stabilization based on a magnetic amplifier with an electromagnetic control circuit. AIP Conf. Proc. 3331, 070020 (2025) https://doi.org/10.1063/5.0306041
- Abzoirov Elbek Akram o‘g‘li - Transformatorlarda elektr energiyasi isroflarining turlari va ularni hisoblash usullari. - Ilmli yoshlar - Yangi O‘zbekiston taraqqiyot poydevori mavzusida respublika talabalar ilmiy-texnik anjuman 2025-yil 12-14 – noyabr Andijon. 12-17 betlar.
- S.Makhmutkhanov, Y. Ochilov, H. Nurov, and S. Kurbonazarov, “Increasing the environmental cleanness of industrial enterprises,” in AIP Conference Proceedings, AIP Publishing, 2024, p. 060012. Accessed: Oct. 06, 2025. [Online]. Available: https://doi.org/10.1063/5.0219213
- Abdikadirov A.A. – Raqamli boshqarish tizimlari [Termiz publishing center]: o‘quv qo‘llanma / A.A.Abdikadirov, I.T.Karabayev, H.M.Esonov. – Termiz: Termiz publishing center, 2024. – 139 b.
- Abdulazizov Bozorqul Boboqulovich, Qurbonazarov Suhrob Erkin o‘g‘li – Elektr energiyasi isroflarining kamaytirish muammolari. Международный научный журнал № 28 (100),часть 1 «Научный импульс» Декабря , 2024
- Xushbokov B.X., Ulugov B.Dz., Khudaynazarov S.Kh., Omonov F.B. Comparative analysis of modern current converters. EPRA International journal of multidisciplinary Reseahch (IJMR) – Peer Reer Revirewed journal. Volume: 6| Issue: 10| October 2020 || Journal DOI: 10.36713/epra2013||SJIF Impact factor: 7,032||ISI Value: 1,188. pp. 319.
- Амиров С.Ф., Хушбоқов Б.Х., Шойимов Й.Ю. Дистанционные преобразователи больших токов с многовитковыми сердечниками. ТошТЙМИ ахборотномаси, 2006 й,№1, 162-169 бетлар.
- Амиров С.Ф., Сафаров А.М., Хушбоқов Б.Х., Шойимов Й.Ю. Вопросы измерения больших токов на железнодорожном транспорте (особенность, состояние и перспектива). ТошТЙМИ ахборотномаси, 2006 й, №2, 88-97 бетлар.
- Амиров С.Ф., Хушбоқов Б.Х., Кадыров Д.Ф., Даусетов Е.Б. Многопредельные транформаторы тока. Вестник Казахской академии транспорта и коммуникаций им.М.Тынышпаева,№4, 2006 г, стр.126-130..