QOIDALARGA ASOSLANGAN POS-TEGLASH ALGORITMI VA UNING MATEMATIK MODELI
Xudayberganov N. U.
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek tili uchun qo‘dalarga asoslangan va gibrid yondashuvdagi so‘z turkumlarini avtomatik teglash (POS-tagging) modeli taqdim etiladi. Model asosida morfologik tahlil uchun qo‘shimcha va lug‘at qoidalari, shuningdek, statistik/mashinali o‘qitish usullari orqali noaniqliklarni bartaraf etish algoritmi yotadi. Keltirilgan matematik modelda so‘zlar ketma-ketligini teglar ketma-ketligiga xaritalash vazifasi optimallashtirish masalasi ko‘rinishida ifodalanadi. Taklif etilayotgan yondashuv kichik hajmdagi teglangan korpusda sinovdan o‘tkazildi va natijalar modelning an’anaviy qoidalarga asoslangan usulga nisbatan yuqori aniqlikka erishganini ko‘rsatdi. Ushbu maqolada o‘zbek tilida so‘z turkumlarini teglash masalasining dolzarbligi, taklif etilgan yechimning tuzilishi va samaradorligi yoritiladi.
Adabiyotlar
- Abdurashetona, Abjalova Manzura, and Iskandarov Otabek Ismailovich. "Methods of tagging part of speech of Uzbek language." 2021 6th International Conference on Computer Science and Engineering (UBMK). IEEE, 2021.
- Sharipov, Maksud, et al. "UzbekTagger: The rule-based POS tagger for Uzbek language." arXiv preprint arXiv:2301.12711 (2023).
- Bobojonova, L., Akhundjanova, A., Ostheimer, P. S., & Fellenz, S. (2025, January). BBPOS: BERT-based part-of-speech tagging for Uzbek. In Proceedings of the First Workshop on Language Models for Low-Resource Languages (pp. 287-293).
- Murat, A., & Ali, S. (2024). Low-resource POS tagging with deep affix representation and multi-head attention. IEEE Access, 12, 66495-66504.
- Boltayevich, E. B., Adalι, E., Mirdjonovna, K. S., Xolmo‘Minovna, A. O., Yuldashevna, X. Z., & Uktamboy O‘g‘li, X. N. (2023, September). The problem of POS tagging and stemming for agglutinative languages (Turkish, Uyghur, Uzbek languages). In 2023 8th International Conference on Computer Science and Engineering (UBMK) (pp. 57-62). IEEE.
- Elov, B., & Xudayberganov, N. (2024). O ‘zbek tili korpusi matnlarini pos teglash usullari. Computer Linguistics: problems, solutions, prospects, 1(1).
- Elov, B., Sh, H., Xudayberganov, N., Yodgorov, U., & Yuldashev, A. (2023). Pos tagging of Uzbek texts using hidden Markov models (HMM) and Viterbi algorithm. O ‘zMU xabarlari. Mirzo Ulug ‘bek nomidagi O ‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy jurnali.