PAXTA NAMUNALARINI JINLASH UCHUN LABORATORIYA JIN USKUNASINI KONSTRUKSIYASINI ISHLAB CHIQISH
Esanov A. A., Umarxodjayev B. T. & Nazirov R. R.
Annotatsiya
Elita urug‘chilik fermer xo‘jaliklari laboratoriya sharoitida kam miqdordagi paxta namunalarini alohida-alohida jinlash, urug‘lik chigitini mexanik shikastlanishini oshirmasdan ajratib olishni ta’minlovchi valikli laboratoriya jin uskunasining konstruksiyasini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Mavjud valikli va arrali jinlarning konstruktiv hamda texnologik xususiyatlari tahlil qilindi. Arrali jinlarning uzluksiz ishlash uchun mo‘ljallangani va ishchi kamerada ma’lum zichlikdagi xom ashyo valigini hosil qilish zaruriyati sababli ularni kichik massali namunalar uchun qo‘llash maqsadga muvofiq emasligi asoslandi. Valikli jinlarning afzalliklari, xususan tolani nisbatan yumshoq ajratishi va chigitni kam shikastlashi aniqlanib, laboratoriya sharoitiga mos takomillashtirilgan konstruktiv yechim taklif etildi.
Adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti «Tolali ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi istiqbollari» mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya “Maqolalari to‘plami” 2025 yil 10-11 dekabr, 347-353 b.
- Esanov A.A. Elita Urug‘chilik xo‘jaliklari uchun samarali laboratoriya jinini ishlab chiqish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Paxtachilik Kengashi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Paxtachilikka ilmiy-innovasion yondashuv: nazariy tamoyillar va amaliy yechimlar Xalqaro Paxta kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan Ilmiy konferensiya ishtirokchilari ma’ruzalarining tezislari TO‘PLAMI 2023 yil 6-oktyabr 160-162 b
- Abdullayev R. Jinlash jarayonining nazariy asoslari. – Toshkent, 2017.
- Makarti J. Roller Gin Patent Description. – USA, 1840.
- Paxta tozalash sanoatida zamonaviy texnologiyalar. – Toshkent, 2020.
- Hardwick-Etter Company. Regal-224 Saw Gin Specifications.
- DV-1M rusumli valikli jin texnik pasporti.
- MY-171 rusumli arrali jin texnik tavsifi.
- Lugachev A.E. Theoretical investigations of the gin stand with saw cylinders // Proceedings of the International Conference on Cotton Ginning. Memphis, Tennessee, 2001. P. 132-138.