ELEKTR DVIGATELLAR ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY VA AMALIY TAHLILI
Zoxidov O. U. & G'aybullayeva G. Z.
Annotatsiya
Ushbu maqolada bugungi kunda elektr dvigatellarning sanoat va texnika taraqqiyotidagi ahamiyati yoritib berilgan. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiyasi va elektr dvigatellarning tutgan o‘rni, ularning elektr energiya iste’molchisi sifatidagi afzalliklari tahlil qilingan. Maqolada elektr dvigatellarning pnevmatik va gidravlik dvigatellarga nisbatan afzalliklari, energiya tejamkorligi hamda boshqarish qulayligi asoslab berilgan. Shuningdek, elektr dvigatellarning xalq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlaridagi roli, elektr energiyasidan samarali foydalanishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Maqolada elektr dvigatellarning elektromagnit hodisalarga asoslangan ishlash prinsipi, ularning asosiy turlari, konstruktiv tuzilishi va asosiy qismlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Undan tashqari dvigatellarning tezligini boshqarish usullari jadvallar, sxemalar va chizmalar orqali ko‘rsatilgan. Ushbu ish elektr dvigatellarning zamonaviy texnika va sanoatdagi yetakchi o‘rnini yoritishga qaratilgan.
Adabiyotlar
- Elektr mashinalari va elektr yuritma. S. Majidov, Toshkent 2005y. 160-162-betlar.
- Elektr mashinalari. U. Ibrohimov. Toshkent 2001y. 147-150-betlar.
- Chapman S. J. Electric Machinery Fundamentals. - New York: McGraw-Hill, 2011.
- Fitzgerald A.E., Kingsley C., Umans S.D. Electric Machinery - New York: McGraw-Hill, 2003.
- Katsman M.M. Sanoat mexanizmlarining elektr yuritmalari - Moskva: Akademiya, 2010.
- Vasilyev V.A. Asinxron elektr dvigatellar va ularni boshqarish - Moskva: Energiya, 2008.
- Bose B. K. Modern Power Electronics and AC Drives - New Jersey: Prentice Hall, 2002.
- Krishnan R. Electric Motor Drives: Modeling, Analysis, and Control - New Jersey: Prentice Hall, 2001.
- Leonhard W. Control of Electrical Drives - Berlin: Springer-Verlag, 2001.