TARKIBIDA YODID IONLARI BO‘LGAN XAUDAK YEROSTI SUVLARINI RENTGEN FLUORESSENT SPEKTROSKOPIK USULIDA TAHLIL QILISH
Turayev X. X., Jumayeva Z. E., Uralov N. B., Suyunov J. R., Zikirov S. A. & Toshbo‘riyeva M. .
Annotatsiya
Ushbu maqola tarkibida yod bilan birga turli xil mineral tuzlardan tashkil topgan Surxondaryo viloyatida joylashgan Xaudak yerosti suvlariga bag`ishlangan bo`lib, bu suvlar tarkibining o`zaro o`xshashligi va vaqtga bog`liq holda o`zgarishlari tahlil qilindi. Suv tarkibidan olingan turli xil namunalar va qismlarning tashqi muhit ta`sirida o`zgarishlari aniqlanildi.Olingan sho`r suv tarkibi rentgen fluoressent analizatori tahlili asosida keltirildi. Unga ko`ra suv tarkibidagi temir birikmalari vaqt o`tishi natijasida cho`kmaga tushishi kuzatildi. Suv tarkibida dastlab temir miqdori 0.130 % atrofida mavjud bo`ladi va ma`lum vaqt davomida asta sekin cho`kmaga tushadi. Bu cho`kma tarkibida esa temir miqdori 65 % atrofida bo`ladi. Bundan tashqari yangi olingan suv namunasiga yod uchun maxsus oksidlovchilar qo`shib, 1 oy davomida saqlab qo`yish natijasida yodning ma`lum qismi cho`kmaga tushishi kuzatildi. Natijada asosiy qismi temir va xlordan hamda kamroq qismi yod va shunga o`xshash elementlari bo`lgan birikmalardan iborat bo`lgan qo`ng`ir-qizg`ish cho`kma hosil bo`ldi. Bu cho`kma tarkibida yod 1.317 % ni tashkil etib, Xaudak suvi tarkibidagi yod miqdori (21,32 mg/l) ning 7,66 % miqdori oksidlash orqali cho`ktirildi. Biroq bu suv ochiq havoda ultrabinafsha nurlar ta`sirida bo`lganda, suv tarkibidagi yodning oksidlanib, havo qatlamiga chiqib ketishi kuzatildi.
Adabiyotlar
- Fengping Zhou, Qianting Xu, Yuyun Chen, Weihua Zhang, Rongliang Qiu. Iodine enrichment in the groundwater in South China and its hydrogeochemical control. 2024 (142) 226-235. DOI: 10.1016/j.jes.2023.07.017
- Umbarov Ibragim, Khaid Turayev, Nuriddin Uralov, Sayyod Abduraxmonov, Chori Musayev , Khurshid Tursunov, Khasan Eshonqulov and Nargiza Kadirova. Investigating the processes and rate of iodide ion and compound oxidation in subterranean hydrothermal waters BIO Web of Conferences. 2024 (105) https://doi.org/10.1051/bioconf/202410505019
- Обзор рынка йода в СНГ // Издание 5-е дополненное и переработанное. -Москва. -2010.-С.10-13.
- Виноградов А.П. Происхождение оболочек земли // Изв. АН СССР.- Сер. Геол. -1962. -№11. -С. 3-17.
- Junxia Li, Yanxin Wang, Xianjun Xie, Liping Zhang, Wei Guo, Hydrogeochemistry of high iodine groundwater: a case study at the Datong Basin, northern China. 2013. 15(4):848-59. DOI: 10.1039/c3em30841c
- Patent. Inventors: Serguei Tikhonov, Lia Neumann, Technology of iodine extracting from formation and associated water of oil and gas fields,: 20210122633,: April 29, 2021
- Patent. Inventors: Masaharu Doya (Niigata), Toru Tsukagoshi (Niigata) Method for co-producing iodine and salt, Publication number: 20230069167, Mar 2, 2023
- Geldiev Y.A., Turaev Kh.Kh., Kasimov Sh.A., Ruzimuradov O.N., Shilova O.A. “Studying the Sorption of Carbon Dioxide by Modified Silica Gel with 2-Hydroxyethylcarbamate”. Glass Phys Chem 49, 186–192 (2023). https://doi.org/10.1134/S1087659622601149
- Umbarov I. et al. Gravity grain cleaning machine and its importance in grain logistics and sustainable agriculture //BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 105. – С. 06016.
- Kholnazarov, B., Turaev, K., Djalilov, A. "Synthesis of Superabsorbent Hydrogels Based on Starch Copolymer/Minerals Powder" International Journal of Engineering Trends and Technology, 2022. Vol. 70, 351-358
- Uralov N.B., Turayev Kh.Kh., Djalilov A. T., Normurodov B.A. and Karimov M.U. separation and physicochemical analysis of iodine contained in haudak ground salt waters on the basis of starch. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 3 (2023). (1), 49–54. https://doi.org/10.5281/zenodo.8221990.