GLUKOKORTIKOSTEROIDLARNI UZOQ MUDDAT QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Muxsinova S. M., Bahromova S. B., Baxtiyorova Z. D. & Yo‘ldosheva M. A.


Annotatsiya

Yallig‘lanishga qarshi, immunitetni tartibga soluvchi va allergiyaga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan glyukokortikosteoidlar (GKS) bronx-o‘pka tizimi, biriktiruvchi to‘qima, teri, autoimmun va ayrim turdagi saraton kasalliklarini davolash uchun terapiyaning muhim va ba'zan hayotiy tarkibiy qismidir. Ushbu dorilar bilan davolash samaradorligiga qaramay, GKS terapiyasida bo‘lgan bemorlarda kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, GKS dan foydalanish, ayniqsa katta dozalarda yoki uzoq vaqt davomida, ko‘p hollarda jiddiy nojo‘ya ta'sirlari xavfi kuzatiladi. GKSlarni qabul qilish uglevod, lipid almashinuvi, mushak-skelet tizimi, yurak-qon tomir tizimlari va boshqa buzilishlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Revmatologiyada biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklarini GKSlarsiz davolashni iloji yo‘q. Ba’zi bir bemorlarda bu preparatlardan bemordagi kasallikning bosqichiga qarab oylab, hatto yillab foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun GKSlarni tananing turli tizimlariga ta'siri, shuningdek, bu preparatlar bilan davolanayotgan bemorlarni boshqarish bo‘yicha klinik tavsiyalar terapevt shifokorlarga terapiya paytida yuzaga keladigan nojo‘ya ta'sirlarni o‘z vaqtida aniqlashga va tegishli terapiyani buyurishga yordam berish uchun muhim.


Adabiyotlar

  1. Комердус И.В., Будул Н.А., Чеканова А.В. Системное действие глюкокортикоидных препаратов: в помощь врачу общей практики (обзор литературы). РМЖ. 2017;1:45-48.
  2. Мухсинова, Ш. М., & Авазова, М. Ш. (2026). ВИДЫ ПАМЯТИ И МЕТОДЫ ЕЁ РАЗВИТИЯ. Экономика и социум, (1-1 (140)), 592-598.
  3. D. U. Qurbonov, “Revmatoid artritda biologik dori vositalari bilan davolash”, Tibbiyotda innovatsiyalar, №2, 2022, b. 51–55.
  4. L. A. Xasanova, Autoimmun kasalliklar va ularning terapiyasi, Samarqand: “Ilm Ziyo”, 2020.
  5. Z. O. Rahimova, “Revmatoyid artrit va zamonaviy dori vositalari”, Tibbiyot fanlari axborotnomasi, №3, 2021, b. 33–37.
  6. R. T. Mirzayev, Klinik farmakologiya asoslari, Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2017.