ALYUMINIY ASETAT BILAN MODIFIKATSIYALANGAN POLIETILENNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI TADQIQ QILISH

Buvaraimov Z. K., Berdiev S. А., Voxidov E. А. & Nurqulov F. N.


Annotatsiya

Ushbu maqolada alyuminiy atsetat bilan modifikatsiyalangan polietilenning fizik-mexanik xossalari tadqiq qilindi. Tadqiqotda polietilen tarkibiga 1%, 5% va 15% miqdorda alyuminiy atsetat qo‘shilib, olingan modifikatsiyalangan polimerlarning yonishga chidamliligi va mexanik mustahkamligi o‘rganildi. Kislorod indeksi GOST 12.1.044-89 standarti asosida aniqlanib, modifikatsiya qilingan polimerlarda yonishga chidamlilik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshishi kuzatildi. Mexanik sinovlar AGS-X universal sinov apparatida amalga oshirildi hamda cho‘zilishdagi kuch, deformatsiya darajasi va uzilish mustahkamligi aniqlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, alyuminiy atsetat qo‘shilishi polietilenning mustahkamlik chegarasini oshiradi, biroq yuqori miqdorda qo‘shilganda deformatsiya qobiliyati kamayadi. Eng optimal ko‘rsatkichlar 1-5% modifikator miqdorida kuzatildi. Tadqiqot natijalari polietilen asosidagi kompozit materiallarning mexanik xossalarini yaxshilash hamda ularning qo‘llanilish sohalarini kengaytirish imkoniyatini ko‘rsatadi.


Adabiyotlar

  1. Ней Зо Лин.Технологические и эксплуатационные свойства наномодифицированного полиэтилена // Диссер-тация на соискание ученой степени кандидата технических наук Москва 2017г.
  2. S.А. Harper Handbook of plastics, elastomers and composites. New York: Mc Grow Hill Handbooks. 2002 –210 p.
  3. Маламатов А.Х., Козлов Г.В., Антипов Е.М., Микитаев М.А. Механизм формирования межфазных слоев в полимерных нанокомпозитах // Перспектив. материалы. 2006. № 5. С. 54–58.
  4. Соломко В.П. Наполненные кристаллизующие полимеры. К.: Наукова думка, 1980. 264 с.
  5. Фролов Ю. Г. Курс коллоидной химии: Поверхностные явления и дисперсные системы. – Издательство Альянс, 2004.
  6. Щукин Е.А., Перцов А.В., Амелина Е.А. Коллоидная химия. М.: Высш. шк., 2004. 445 с.
  7. Байрачный Д. В., Раупов И. Р. Реологические исследования полимерных растворов //Булатовские чтения. – 2017. – Т. 2. – С. 20-22.