MINTAQAVIY IQTISODIYOT NAZARIYASINING EVOLYUTSIYASI VA MINTAQAVIY BOSHQARUV TUSHUNCHASINING TAKOMILLASHTIRILISHI

Ergashev S. E.


Annotatsiya

Ushbu maqolada mintaqaviy iqtisodiyot nazariyasining shakllanishi va evolyusiyasi klassik, neoklassik, institutsional va raqamli transformatsiya bosqichlari kesimida tizimli tahlil qilingan. Y.G. fon Tyunen, A.Veber, V.Kristaller, A.Lyosh, F.Perru, G.Myurdal, P.Krugman, M.Porter, R.Florida kabi dunyo tan olgan iqtisodchilarning ilmiy qarashlari va konsepsiyalari atroflicha o’rganilgan. Joylashuv nazariyalaridan boshlab yangi iqtisodiy geografiya va klasterlar nazariyasigacha bo’lgan ikki asrlik evolyutsion yo’l bosqichma-bosqich tahlil etilgan. Raqamli transformatsiya davrida mintaqaviy rivojlanish tushunchasiga yangicha yondashuvlar, jumladan, raqamli platformalar, masofaviy ish va sun’iy intellekt tizimlari ahamiyati ko’rsatilgan. Tadqiqot natijalari asosida “mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish” tushunchasining takomillashtirilgan ta’rifi taklif etilgan. Ushbu ta’rif boshqaruvning beshta asosiy funksiyasini — rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, rag’batlantirish va nazorat qilishni — yagona tizimga birlashtiradi.


Adabiyotlar

  1. Tyunen Y.G. fon. Izolirovannoe gosudarstvo v yego otnoshenii k selskomu xozyaystvu i natsionalnoy ekonomike. – 1826.
  2. Veber A. Über den Standort der Industrien. – Tübingen, 1909.
  3. Kristaller V. Die zentralen Orte in Süddeutschland. – Jena, 1933.
  4. Lyosh A. Die räumliche Ordnung der Wirtschaft. – Jena, 1940.
  5. Perru F. Economic Space: Theory and Applications // Quarterly Journal of Economics. – 1950. – Vol.64. – P.89-104.
  6. Myurdal G. Economic Theory and Underdeveloped Regions. – London: Duckworth, 1957.
  7. Xirshman A. The Strategy of Economic Development. – Yale University Press, 1958.
  8. Krugman P. Increasing Returns and Economic Geography // Journal of Political Economy. – 1991. – Vol.99. – P.483-499.
  9. Porter M. The Competitive Advantage of Nations. – New York: Free Press, 1990.
  10. Florida R. The Rise of the Creative Class. – New York: Basic Books, 2002.
  11. Putnam R. Making Democracy Work. – Princeton University Press, 1993.
  12. Granberg A.G. Osnovы regionalnoy ekonomiki. – M.: GU VShE, 2000.
  13. G‘ulomov S.S. O‘zbekiston mintaqalari iqtisodiyotini rivojlantirish muammolari. – Toshkent: Fan, 2019.
  14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni.
  15. Moreti E. The New Geography of Jobs. – Updated edition, 2020.