QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARNI BOSHQA YER TOIFALARIGA OʻTKAZISHDA NOBUDGARCHILIKLARI OʻRNINI QOPLASH
Safayev S. Z.
Annotatsiya
Mazkur bobda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni boshqa yer toifalariga oʻtkazish jarayonida yuzaga keladigan nobudgarchiliklarni aniqlash, baholash va ularning oʻrnini qoplash mexanizmini yaratish masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda yer uchastkasining qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyatini aniqlash, tuproq unumdorligi va bonitet ballarini baholash, yer maydonining iqtisodiy qiymatini hisoblash hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi yoʻqotishlarni aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, nobudgarchilik kompensatsiyasi miqdorini belgilash, kompensatsiya mablagʻlarini maxsus jamgʻarmalarga yoʻnaltirish hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari asoslab berilgan. Natijada yer resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining barqarorligini taʼminlash hamda yer toifalarini oʻzgartirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy va ekologik yoʻqotishlarni kamaytirishga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyundagi PF–150-son Farmoni. Yer munosabatlarini tartibga solish va yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi PQ–5157-son qarori. Yer resurslaridan oqilona foydalanish va davlat kadastrlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
- Safarov E.Y., Pratov S.A. Yer kadastri va yer resurslarini boshqarish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
- Karimov B.R. Yer tuzish asoslari. – Toshkent: Yangi nashr, 2021.
- Dale P., McLaughlin J. Land Administration. – Oxford University Press, 2019.
- Williamson I., Enemark S., Wallace J., Rajabifard A. Land Administration for Sustainable Development. – Redlands: ESRI Press, 2018.
- Varlamov A.A. Землеустройство. – Москва: Колос, 2017.
- Volkov S.N. Основы землеустройства. – Москва: ГУЗ, 2019.
- FAO. Land Use Planning and Sustainable Land Management. – Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2018.
- FAO. Guidelines for Land Evaluation for Agriculture. – Rome: FAO, 2017.