O‘ZBEKISTON FOND BOZORIDA AKSIYALAR NARX DINAMIKASINI GEOMETRIK BROWN HARAKATI MODELI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH VA REAL MA’LUMOTLAR BILAN TAQQOSLASH
Raximov Q. O., Ro‘zaliyev S. A. & Karimov S. M.
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston fond bozorida aksiyalar narxining vaqt davomida o‘zgarish qonuniyatlari Geometrik Brown harakati modeli asosida tahlil qilinadi. Moliyaviy bozorlarda aksiyalar narxining dinamikasini matematik jihatdan tavsiflash investitsiya jarayonlarini tushunish, xavflarni baholash hamda prognozlash masalalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda aksiyalar narxining tasodifiy xarakterga ega ekani ehtimollik nazariyasi va stoxastik jarayonlar asosida ko‘rib chiqiladi hamda Geometrik Brown harakati modeli yordamida narxning matematik modeli quriladi. Tadqiqot doirasida real fond bozori ma’lumotlari asosida aksiyalar narxining o‘rtacha o‘sish sur’ati va o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichlari baholanadi. Shuningdek, model asosida olingan nazariy natijalar real bozor kuzatuvlari bilan taqqoslanib, modelning narx dinamikasini tasvirlash darajasi empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Geometrik Brown harakati modelining O‘zbekiston fond bozori sharoitida aksiyalar narxining umumiy tendensiyalarini ifodalash imkoniyatlarini ko‘rsatadi hamda modelning amaliy qo‘llanishi bilan bog‘liq ayrim cheklovlarni ham aniqlash imkonini beradi. Olingan natijalar moliyaviy modellashtirish, investitsiya strategiyalarini ishlab chiqish hamda moliyaviy xavflarni baholash jarayonlarida foydalanilishi mumkin.
Adabiyotlar
- Bachelier L. Théorie de la spéculation. Annales Scientifiques de l'École Normale Supérieure. – 1900.
- Samuelson P. Proof That Properly Anticipated Prices Fluctuate Randomly. Industrial Management Review. – 1965.
- Hull J. Options, Futures and Other Derivatives. – Pearson Education, 2018.
- Cont R, Tankov P. Financial Modelling with Jump Processes. – Chapman & Hall/CRC, 2004.
- Campbell J., Lo A., MacKinlay A. The Econometrics of Financial Markets. – Princeton University Press, 1997.
- Merton, R. C. (1973). Theory of rational option pricing. The Bell Journal of Economics and Management Science, 4(1), 141-183.
- Itô K. Stochastic Integral. Proceedings of the Imperial Academy. – 1944. – Vol. 20. – pp. 519–524.
- Shreve S. Stochastic Calculus for Finance II: Continuous-Time Models. Springer, 2004.