KOMPLEKS BIRIKMALARNING BIOKIMYODAGI AHAMIYATI
Tojiyeva S. N., Zayriddinova A. O., Azizboyeva G. R. & Iskandarova N. I.
Annotatsiya
Ushbu maqolada kompleks birikmalarning biokimyoviy jarayonlardagi o‘rni hamda ularning tirik organizmlardagi funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Metall ionlari ishtirokida hosil bo‘ladigan koordinatsion birikmalar ko‘plab biologik tizimlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Xususan, gemoglobin, mioglobin va xlorofill kabi biomolekulalarda metall markazlarning mavjudligi ularning fiziologik vazifalarini bajarishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, metall ionlari ishtirok etadigan fermentativ jarayonlarning ayrim mexanizmlari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari kompleks birikmalar tirik organizmlarda modda almashinuvi, gazlar transporti hamda fotosintez jarayonlarida muhim funksional rol bajarishini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Yusupov V.G., Toshev M.T., Parpiyev N.A., Koordinatsiyey birikmalar kimyosi, T., 1996;
- Ю. Н. Кукушкин. "Химия координационных соединений''. М. ''Высшая школа" 1985.
- Miessler, Gary L.; Donald Arthur Tarr (1999). Inorganic Chemistry. Prentice Hall. p. 642. ISBN 978-0-13-841891-5.
- Hazelwood, Loren (2001) Can't Live Without It: The story of hemoglobin in sickness and in health, Nova Science Publishers ISBN 1-56072-907-4
- Lawrance, Geoffrey A. (2010). Introduction to Coordination Chemistry. Wiley. doi:10.1002/9780470687123. ISBN 9780470687123
- Inom o‘g‘li X.J.et al. Biologik faol kompleks birikmalar.Лучшие интеллектуальные исследования.- 2025.-Т.38.-№.1.-С.319-325.
- 7.Kenjayevich, B.A.,Tashanovich, S.K.,Uzokovich,D.M.,& Sayfiyevna,У.S.(2022).Changes of basic intermediates in blood in myocardial infarction.Journal of Posiative School Psychology,1775-1781.