JUGLANS REGIA VA PRUNUS PERSICA O‘SIMLIKLARINING VEGETATIV ORGANLARI ASOSIDA OLINGAN DORIVOR MODDALAR
Nazarova Y. X.
Annotatsiya
Mazkur maqolada Juglans regia (grek yong‘oq) va Prunus persica (shaftoli) o‘simliklarining vegetativ organlari – barg, po‘stloq va yosh novdalar tarkibidagi biologik faol moddalar o‘rganildi. Ushbu o‘simliklarning dorivor xususiyatlari, tarkibidagi flavonoidlar, fenol birikmalar, vitaminlar va boshqa biofaol moddalarning inson salomatligiga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Juglans regia barglarida antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlar, Prunus persica barg va novdalarida esa antioksidant va metabolik jarayonlarni yaxshilovchi xususiyatlar mavjudligi aniqlandi. Olingan natijalar ushbu o‘simliklarning farmatsevtika sanoatida va xalq tabobatida keng qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Karimov A.A. Dorivor o‘simliklar va ularning farmakologik xususiyatlari. – Toshkent, 2018.
- Abdullayev O., Nabiyev M. O‘simliklar biokimyosi. – Toshkent: Fan, 2019.
- Nazarova Yo., Umarov A. Xalq tabobatida shaftoli bargining foydali va shifobaxsh xususiyatlaridan foydalanish. Tovarlar kimyosi xamda xalq tabobati muammolari va istiqbollari Mavzusidagi IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Andijon, 2022, b. 296.
- Marupova M.M., Nazarova Yo.X Grek yong‘ogi (Juglans regia (grek yong‘og‘i) L) barglarining shifobaxshlik xususiyatlari va uning element taxlili. Tovarlar kimyosi va xalq tabobati jurnali.2023 yil 2-tom.4son .b.146-157.
- Duke J.A. Handbook of Medicinal Plants. – CRC Press, 2002.
- Bruneton J. Pharmacognosy, Phytochemistry, Medicinal Plants. – Paris, 1999.