O‘SIMLIKLARNI ELEKTR IMPULSLI ISHLOV BERISH JARAYONINI NORAVSHAN MANTIQ ASOSIDA MODELLASHTIRISH

Аbdullayev M. S., Bozorov E. O. & Mirxanova M. A.


Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘simliklarga elektr impulsli ishlov berish jarayonini samarali boshqarish masalasi tadqiq etilib, ushbu jarayon uchun noravshan mantiq asosida boshqaruv tizimini sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan. Elektr impulsli ishlov berish texnologiyasi o‘simlik kasalliklariga qarshi ekologik xavfsiz va energiya tejamkor usul sifatida qaraladi, biroq jarayon parametrlarining nochiziqli o‘zgarishi va tashqi omillarga bog‘liqligi boshqaruvni murakkablashtiradi. Shu sababli tadqiqotda jarayon parametrlarining noaniqligi va o‘zgaruvchanligini hisobga oluvchi noravshan boshqaruv yondashuvi taklif etildi. Tadqiqot davomida impuls kuchlanishi, kondensator sig‘imi, impuls ta’sir davomiyligi hamda zararlanish darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar tahlil qilindi. Ushbu parametrlar asosida noravshan qoidalar bazasi shakllantirilib, kirish va chiqish o‘zgaruvchilari uchun mos a’zolik funksiyalari ishlab chiqildi. Taklif etilgan boshqaruv algoritmi jarayon parametrlarining noaniqligi sharoitida ham tizimning barqaror ishlashini ta’minlab, energiya sarfini kamaytirish hamda o‘simliklarni zararsizlantirish darajasini optimal boshqarish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari elektr impulsli ishlov berish jarayonini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida qo‘llash, energiya tejamkor rejimlarni aniqlash hamda qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.


Adabiyotlar

  1. Zhang Y., Li J., Wang H. Application of pulsed electric field technology in agricultural and biological systems // Biosystems Engineering. – 2021. – Vol. 205. – P. 1–12.
  2. Raso J., Heinz V. Pulsed electric fields technology for food and agricultural applications // Food Engineering Reviews. – 2019. – Vol. 11, No. 2. – P. 120–136.
  3. Бозоров Э.О., Абдуллаев М.Ш. Исследование эффекта обработки электроимпульсами для дезинфекции растений // Development of Science. – 2026. – Т. 1, № 2. – С. 259–273.
  4. Abdullayev M.S. Automation of the process of drying Amaranth-based feed pellets // AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2023. – Vol. 2612. – No. 1.
  5. Bozorov E.O., Abdullayev M.S. O‘simliklarni elektr impulsli ishlov berish texnologiyasining ishlash prinsipi // International Scientific and Scientific-Technical Conference “Water-Energy and Food Security in the Context of Global Climate Change and Water Scarcity”. – 2025. – Vol. 1. – No. 1. – P. 318–322.
  6. Zadeh L.A. Fuzzy logic and approximate reasoning: Past, present and future // IEEE Systems, Man, and Cybernetics Magazine. – 2019. – Vol. 5. – No. 3. – P. 8–16.
  7. Ross T.J. Fuzzy Logic with Engineering Applications. – 4th ed. – Hoboken: Wiley, 2021.
  8. Mendel J.M. Uncertain Rule-Based Fuzzy Systems: Introduction and New Directions. – Cham: Springer, 2017.
  9. Nguyen T.T., Tran Q.H., Lee S.H. Fuzzy control approach for nonlinear technological processes // ISA Transactions. – 2022. – Vol. 124. – P. 300–310.