OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA FIVE LENSES PROJECT INNOVATSION METODIDAN FOYDALANISH (FINLANDIYA TAJRIBASI ASOSIDA)

Axmedova Z. M., Dehqonova M. I. & Ergasheva A. T.


Annotatsiya

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni takomillashtirishda Finlandiya ta’lim tizimi tajribasidan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida Finlandiya ta’limiga xos bo‘lgan talaba markazli yondashuv, muammoga asoslangan va jamoaviy o‘qitish tamoyillariga tayangan “Five Lenses Project” (Besh Ko‘zgu Loyihasi) innovatsion ta’lim metodi taklif etilgan va tavsiflangan. Mazkur metodning asosiy maqsadi oliy ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil ta’limini rivojlantirish, muammoni tahlil qilish va kompleks yechim ishlab chiqish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu metod talabalarni muammoni mustaqil aniqlash, uni pedagogik, texnologik, ijtimoiy, huquqiy va innovatsion yo‘nalishlar asosida tahlil qilish hamda jamoaviy faoliyat orqali kompleks yechim ishlab chiqishga yo‘naltiradi. Maqolada metodning tashkiliy bosqichlari, baholash mezonlari hamda o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari Five Lenses Project metodining talabalarda mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil, jamoada ishlash va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada metodni O‘zbekiston oliy ta’limi sharoitiga moslashtirishning pedagogik va amaliy jihatlari asoslab berilgan.


Adabiyotlar

  1. OECD (2019). Education at a Glance 2019: OECD Indicators. Paris: OECD Publishing.
  2. OECD (2022). PISA 2022 Results: What Students Know and Can Do. Paris: OECD Publishing.
  3. Sahlberg, P. (2015). Finnish Lessons 2.0: What Can the World Learn from Educational Change in Finland? New York: Teachers College Press.
  4. Thomas, J. W. (2000). A Review of Research on Project-Based Learning. Autodesk Foundation.
  5. Bell, S. (2010). Project-Based Learning for the 21st Century: Skills for the Future. The Clearing House, 83(2), 39–43.
  6. Biggs, J., & Tang, C. (2011). Teaching for Quality Learning at University: What the Student Does. 4th edition. Maidenhead: McGraw-Hill Education.
  7. Hattie, J. (2009). Visible Learning: A Synthesis of Over 800 Meta-Analyses Relating to Achievement. London: Routledge.
  8. Larsson, H., & Holmström, I. (2018). Student-centered learning in higher education: Challenges and opportunities. Journal of Pedagogical Research, 2(1), 15–28.
  9. Savin-Baden, M. (2013). Problem-Based Learning in Higher Education: Untold Stories. Maidenhead: McGraw-Hill Education.
  10. Bellanca, J., & Brandt, R. (2010). 21st Century Skills: Rethinking How Students Learn. Solution Tree Press.
  11. Xalqaro Nordik Universiteti. (2023). Ta’lim siyosati va o‘quv dasturlari”