TEXNIK MOYLAR TARKIBIGA QO‘SHILADIGAN QO‘NDIRMALAR VA KORROZIYA INGIBITORLARINING METALL YUZALARINI HIMOYALASH SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISH

Komilov M. Z.


Annotatsiya

Ushbu maqolada texnik moylar tarkibiga qo‘shiladigan qo‘ndirmalar va korroziya ingibitorlarining metall yuzalarini korroziyadan himoyalash samaradorligi tadqiq etilgan. Neft-gaz sanoatida ishlatiladigan turli texnik uskunalarda moylarning asosiy vazifalaridan biri metall yuzalarni ishqalanish, oksidlanish hamda korroziya jarayonlaridan himoya qilishdan iborat. Tadqiqot jarayonida turli kimyoviy tabiatga ega bo‘lgan qo‘ndirmalar va korroziya ingibitorlarining moy tarkibidagi ta’siri o‘rganildi hamda ularning metall yuzalarda himoya qatlami hosil qilish xususiyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, qo‘ndirmalarning moylarning fizik-kimyoviy xossalariga, jumladan, oksidlanishga chidamliligi, yopishqoqligi va barqarorligiga ta’siri baholandi. Olingan natijalar qo‘ndirmalar va korroziya ingibitorlari qo‘shilgan texnik moylar metall yuzalarda korroziya jarayonlarini sezilarli darajada kamaytirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari neft-gaz sanoatida qo‘llaniladigan texnik moylarning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash hamda uskunalarning xizmat muddatini uzaytirish uchun muhim ahamiyatga ega.


Adabiyotlar

  1. S. Turobjonov, M. Shoyusupova, B. Abidov. Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi. Darslik. Toshkent. Aloqachi-2010. 140 b.
  2. Данилов В.Ф. и др. Масла, смазки и специальные жидкости. Учебное пособие. Елабуга: изд-во филиала К(П)ФУ. 2013. – 216 с.
  3. Магеррамов А.М., Ахмедова Р.А., Ахмедова Н.Ф. Нефтехимия и нефтепереработка. Учебник для высших учебных заведений. Баку: Издательство «Бакы Университети», 2009, 660 с.
  4. Alimova Z., Sabirova D., Niyazova G. Study of Anti-Corrosion Properties of Lubricants // Journal of Innovations in Scientific and Educational Research. – 2023
  5. Restuccia P., Pedretti E., Benini F., Righi M.C. Phosphorus-Based Lubricant Additives on Iron Surfaces // Tribology studies. – 2025
  6. Han J. Additives for Lubricating Oil and Grease: Mechanism, Properties and Applications // Lubricants. – 2024. – Vol. 12(7). – 243.