ONLAYN TA’LIMDA TALABALAR FAOLLIGINI MONITORING QILISHNING INNOVATSION IMKONIYATLARI

Alixo‘jayeva R. I. & Yuldasheva G. I.


Annotatsiya

Ushbu maqolada onlayn ta’lim muhitida talabalar faolligini monitoring qilish va pedagogik boshqarishni takomillashtirish masalasi yoritiladi. Tadqiqotda behavioral engagement modeli asosida talabalar faolligining o‘lchanadigan ko‘rsatkichlari: platformaga kirish chastotasi, topshiriqlarni bajarish dinamikasi, test natijalari va o‘quv materiallari bilan ishlash intensivligi tahlil qilindi. Metodologiya sifatida ilmiy manbalarni qiyosiy tahlil qilish, raqamli izlarni pedagogik interpretatsiya qilish va mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan veb-platformaning funksional imkoniyatlarini baholash yondashuvlari qo‘llandi. Natijada o‘qituvchi va administratorlar uchun real vaqt rejimida monitoring, vizual dashboard, xavf guruhidagi talabalarni aniqlash hamda tezkor pedagogik qaror qabul qilish imkonini beruvchi model taklif qilindi. Maqolaning ilmiy hissasi sifatida onlayn ta’limda talaba faolligini ma’muriy emas, balki pedagogik nuqtai nazardan tahlil qiluvchi amaliy platforma modeli asoslab berildi.


Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”.
  2. Siemens G., Long P. (2011). Penetrating the fog: Analytics in learning and education. EDUCAUSE Review, 46(5).
  3. Ferguson R. (2012). Learning analytics: drivers, developments and challenges. International Journal of Technology Enhanced Learning.
  4. Romero C., Ventura S. (2020). Educational data mining and learning analytics: An updated survey. Wiley Interdisciplinary Reviews: Data Mining and Knowledge Discovery.
  5. Abduqodirov A.A. (2023). Ta’lim jarayonini raqamlashtirishning pedagogik asoslari va monitoring mexanizmlari. Xalq ta’limi, 4.
  6. Sayidahmedov N.Q. (2024). Raqamli ta’lim muhitida talabalar faolligini tahlil qilish va baholash usullari. Pedagogik ta’lim, 1.