SANOAT MUHITIDA HAVO IFLOSLANISHINI IOT VA ANN INTEGRATSIYASI ORQALI MONITORING QILISH
Turdiyeva L. O. & Setmetov N. U.
Annotatsiya
Ushbu maqolada IoT texnologiyalari asosida havoning ifloslanishini monitoring qilish tizimlarini o‘rganish va tahlil qilishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar solishtirma tarzda ko‘rib chiqildi. Tadqiqot davomida arzon IoT sensor tarmoqlari yordamida havoning sifatini uzoq muddat monitoring qilish hamda IoT va Machine Learning texnologiyalarini birlashtirish orqali ifloslanish darajasini prognozlash imkoniyatlari tahlil qilindi. Birinchi tadqiqotda IoT asosidagi sensor tarmog‘i yordamida PM2.5, PM10 va CO₂ kabi zararli moddalarni real vaqt rejimida kuzatish hamda sensor ma’lumotlarini kalibrlash orqali monitoring aniqligini oshirish usullari o‘rganildi. Ikkinchi tadqiqotda esa IoT sensorlari bilan birgalikda sun’iy neyron tarmoqlari (ANN) algoritmlaridan foydalanib havoning ifloslanish darajasini prognozlash modeli ishlab chiqilgan. Olingan natijalar IoT sensor tarmoqlari va sun’iy intellekt texnologiyalarining integratsiyasi ekologik monitoring tizimlarining samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot natijalari sanoat hududlarida havo ifloslanishini nazorat qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
- Assessment of IoT Low Cost Sensor Networks for Long Term Outdoor and Indoor Air Quality Monitoring. Atmospheric Pollution Research, 2025. ScienceDirect.
- https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1309104225002533
- Smart Monitoring of Air and Waste Using Machine Learning and IoT Integration Approach. Preprints, 2025.
- https://www.preprints.org/manuscript/202511.1247
- Al-Fuqaha, A., Guizani, M., Mohammadi, M., Aledhari, M., & Ayyash, M. (2015). Internet of Things: A Survey on Enabling Technologies, Protocols, and Applications. IEEE Communications Surveys & Tutorials, 17(4), 2347–2376.
- Castells, F., & Juan, A. (2020). IoT-based air quality monitoring systems: A review. Sensors, 20(10), 2921.
- Kumar, P., & Morawska, L. (2019). The rise of low-cost sensing for managing air pollution in cities. Environment International, 135, 105-113.
- Zhang, Y., Bocquet, M., Mallet, V., Seigneur, C., & Baklanov, A. (2012). Real-time air quality forecasting, part I: History, techniques, and current status. Atmospheric Environment, 60, 632–655.
- Chen, Z., Wang, C., & Li, Z. (2021). IoT and AI integrated air quality prediction systems in industrial environments. Environmental Monitoring and Assessment, 193(5), 311.