TEMIR YO‘LLARDAGI TEXNIK VOSITALARINI XAVFSIZLIK QOIDALARIGA MUVOFIQLIGINI TA’MINLASH CHORA TADBIRLARI
Asanov A. T. & Hamdamov S. G.
Annotatsiya
Respublikamizda har bir sohaning mehnat sharoitlari xavfsizligini oshirishda ish joyidagi xavfli ishlab chiqarish omillari manbalarining yuzaga kelish sabablari, mehnat jarayonining og‘irligi va zo‘riqish parametrlari son va sifat ko‘rsatkichlarini baholash hamda innovatsion-texnik yechimlar, tashkiliy va sanitar-gigiyenik tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilib, bu borada muayyan natijalarga erishilmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida, jumladan, “Barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish, transport sohasida tashqi savdo uchun “yashil koridorlar” hamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirish” bo‘yicha muhim maqsadlar belgilab berilgan. Ushbu maqsadlarga erishishda, jumladan, temir yo‘l stansiyalari poyezd tuzuvchilarining kasbiy muvofiqligini belgilovchi jismoniy harakat sifatlari mezonlari asosida kasbiy faoliyatga muvofiqlikni baholash algoritmlari va ma’lumotlar bazasi ko‘rinishidagi instrumental vositalarni yaratish hamda kasbiy muvofiqligini belgilovchi harakat sifatlari, asab-ruhiy tavsiflarini o‘rganish bo‘yicha eksperimentlar o‘tkazish va kasbiy muvofiqligini belgilovchi harakat sifatlarini baholash uslubini asoslash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Adabiyotlar
- “О‘zbekistоn temir yо‘llаri” аksiyаdоrlik jаmiyаti bоshqаruvi vа О‘zbekistоn temiryо‘lchilаri vа trаnspоrt quruvchilаri kаsаbа uyushmаsi Respublikа kengаshi о‘rtаsidаgi 2023 – 2025 yillаr uchun tаrmоq kelishuvi.
- О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidenti Shаvkаt Mirziyоyevning 2023 yil uchun Оliy Mаjlis vа О‘zbekistоn xаlqigа murоjааtnоmаsi Оliy Mаjlis pаlаtаlаrining qо‘shmа mаjlisdаgi nutqi –Tоshkent: О‘zbekistоn, 22.12.2022.
- Karimov, Hаyоt fаоliyаti xаvfsizligi (temir yо‘l trаnspоrtidа). S.S. Sulаymаnоv, R.S. Rаzikоv, О.T. Аliyev, Z.SH. Tursunоv Tоshkent-2022.
- О.Qudrаtоv А. T. G‘аniyev. О‘. Yо‘ldаshev. Xаyоtiy fаоliyаt xаvfsizligidаn mа’ruzа kursi.Tоshkent –Аlоqаchi-2020-356 b.
- Narziyev Sh.M., Kurbonov Sh.X.Hayot faoliyati xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma - Т.: “Yangi nashr”, 2019. - 234 b.
- Hasanova O.T.., Zayniddnov V.V., Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik. –T.: “Aloqachi”, 2020. – 482 b.
- https://www.rаilwаy.uz/uz/infоrmаtsiоnnаyа_sluzhbа/nоvоsti/34038/
- https://www.ilо.оrg/glоbаl/аbоut-the-ilо/newsrооm/news/WCMS_650697