NASOS STANSIYALAR ENERGIYA TA’MINOTIDA QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Umirov A. P., Djumayeva S. X. & Rashidov X. Z.


Annotatsiya

Sug‘orish tizimidagi nasos stansiyalarining energiya iste’moli muammolari muhokama qilingan. Jahon tajribasi asosida sug‘orish uchun xizmat qiladigan nasos qurilmalari energiya ta’minotida quyosh energiyasidan foydalanish sxemasi taklif qilingan. Sxema nasos qurilmasining quyosh energiyasi faol bo‘lgan paytda ishlashi, sug‘orish uchun suv berish uning uchun qulay bo‘lgan vaqtlarda berilishi shartiga amal qiladi va bunda kun davomida fotoelektrik qurilmaning ishlab chiqaradigan o‘zgaruvchan energiyasi miqdoriga mos keluvchi nasos ish rejimini val aylanishlari chastotasini o‘zgartirish usuli bilan rostlash parametrlarini hisoblashning metodikasi taklif etilgan. Taklif etilgan metodika bilan sug‘orish tizimidagi fotoelektrik nasos qurilmasi parametrlarini hisoblash natijalari, nasos ish rejimini rostlash usuli qo‘llanilganda quyosh energiyasi quvvatidan nasos qurilmasida foydalanish darajasi 80...90 % gacha borishini ko‘rsatgan.


Adabiyotlar

  1. S. Senthil Kumar, Chidambaranathan Bibin, K. Akash, K. Aravindan, M. Kishore, G. Magesh Solar powered water pumping systems for irrigation: A comprehensive review on developments and prospects towards a green energy approach. Materialstoday: proceedings. Volume 33, part 1, 2020, pp 303 – 307. https://doi.org/10.1016/j.matpr.2020.04.092
  2. Solar pumping for irrigation: Improving livelihoods and sustainability, The International Renewable Energy Agency, Abu Dhabi. 2016. https://www.irena.org/-/media/Files/IRENA/Agency/Publication/ 2016/IRENA_ Solar_Pumping_for_ Irrigation_2016.pdf?rev=5be3c848dcec4cd9842b2a31862eb775
  3. O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi Vazirligi sayti. https://water.gov.uz/uz/statistica.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-6024-son Qarori. https://lex.uz/docs/4892953.
  5. Urishev B.U. Nasos stansiyalarning ekspluatatsiyasi va energetik samaradorligini oshirish. Monografiya/ Qarshi, “Intellekt” nashriyoti, 2021. – 132 b.
  6. Лезнов Б.С. Энергосбережение и регулируемый привод в насосных и воздуходувных установках. – М.: Энергоатомиздат, 2006. 360 с.